Tavsif
Gyote Instituti yosh shoir va yozuvchilarning birinchi laboratoriyasi “Gyote poetry lab” ga qabul eʼlon qiladi. Ushbu laboratoriyada ijodiy oʻsish uchun yangi imkoniyatlar izlayotgan, oʻz gʻoyalarini omma bilan baham koʻrishni, asarlaringizni toʻplamlarda nashr etishni, festivallarda ishtirok etishni va yosh ijodiy jamoaning bir boʻlagi boʻlishni xohlaydigan barcha ijodkorlar ishtirok etishi mumkin.
Ijodiy laboratoriya mashgʻulotlari Danielyan Ashot tomonidan olib boriladi. Danielyan Ashot — shoir, musiqachi, xalqaro tajribaga ega art-menejer. MDH, Yevropa va AQSH saytlarida namoyish etilgan “Taburetka ustidagi odam”, “Art-Plov Markaziy Osiyo”, “Origami qanotlari”, “Elektrooko” loyihalari muallifi. “Madaniyat harakatda”, “Ijodiy prodyuserlar BC” dasturlari ishtirokchisi, “CA Book forum and Literature Festival” adabiy tanlovi finalchisi hisoblanadi.
Ushbu laboratoriya mart oyining boshida boshlanadi va bir oy davomida haftada ikki marta (kechqurun) Gyote-institutida rus tilida oʻtkaziladi, laboratoriya natijalariga koʻra mualliflar oʻz asarlarini Gyote Poetry Slam saralash bosqichida jamoatchilikka taqdim etadilar.