Harvard GSD Wheelwright Prize — yosh arxitektorlar uchun AQShda tadqiqot olib borishga qaratilgan $100,000 mukofot
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
08 Fev, 2025 · Muddat tugagan

Harvard GSD Wheelwright Prize — yosh arxitektorlar uchun AQShda tadqiqot olib borishga qaratilgan $100,000 mukofot

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Harvard GSDʼs Wheelwright Prize — bu professional faoliyatining ilk bosqichlarida boʻlgan iqtidorli arxitektorlar uchun Garvard universiteti Oliy dizayn maktabining xalqaro tanlovidir. Gʻoliblar arxitektura sohasiga sezilarli hissa qoʻshishi mumkin boʻlgan va madaniyatlararo aloqalar orqali maʼlum boʻlgan intensiv, innovatsion arxitektura tadqiqotlarini rivojlantirish uchun $100,000 miqdoridagi stipendiyaga ega boʻladi. Mukofot uchun iqtidorli, oʻz ustida ishlash, professional rivojlanishni maqsad qilgan hamda oʻzining original tadqiqot loyihasi orqali arxitektura sohasini rivojlantirishga hissa qoʻsha oladigan nomzodlar saralab olinadi.

Dasturga hujjatlarni qabul qilish jarayoni 2025-yil 9-fevralgacha davom etadi. 

Tanlov haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Tanlovda ishtirok etish talablari:

  • Tanlov professional faoliyatining ilk bosqichidagi barcha arxitektorlar uchun ochiq;
  • Nomzod oxirgi 15 yil (2010-yil yanvardan keyin) ichida arxitektura yoʻnalishida kamida bakalavr darajasiga ega boʻlgan boʻlishi lozim;
  • Wheelwright mukofoti gʻoliblari bir vaqtning oʻzida boshqa stipendiyalarga ega boʻlishlari mumkin emas;
  • Mukofot faqat individual ishtirokchilar uchun mavjud; jamoalar yoki firmalar hisobga olinmaydi;
  • Mukofot mustaqil taʼlim uchun moʻljallangan va universitetda oʻqish toʻlovini qoplash uchun qoʻllanilmasligi mumkin. Biroq, grant seminarlar va konferensiyalar uchun toʻlovlarga ishlatilishi mumkin.

Tanlov talablari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Mukofot quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • Taklif etilgan tadqiqot loyihasini qoʻllab-quvvatlash uchun $100,000;
  • Garvard Oliy dizayn maktabida maʼruza oʻqishga taklif;
  • Tadqiqot ishini Garvard Oliy dizayn maktabi nashrida chiqarish imkoniyati.

Topshirish jarayoni

Tanlovda ishtirok etish uchun onlayn ariza topshirish lozim. Dasturga hujjatlarni qabul qilish jarayoni 2025-yil 9-fevralgacha davom etadi. 

Kerakli hujjatlar:

  1. CV;
  2. Portfolio (maksimal 10 ta rasm);
  3. Portfolio nomzodning chop etilgan maqolalar yoki tadqiqot ishlari bilan toʻldirilishi mumkin (maksimal 3 ta, PDF formatida). Agar asl nashr ingliz tilida boʻlmasa, har bir PDF hujjatiga qoʻshimcha sifatida ingliz tilidagi xulosa (maksimal 2500 belgi) ilova qilinishi lozim;
  4. Taklif etilayotgan tadqiqot loyihasining yozma tavsifi (maksimal 6000 belgi). Nomzod taklif etayotgan tadqiqotining zamonaviy arxitektura sohasiga mosligini ifodalashi kerak (batafsil);
  5. Nomzodni tanlovga professional jihatdan tavsiya qiluvchi 3 nafar shaxs aloqa maʼlumotlari. Tavsiyanomalar nomzod saralashdan oʻtganidan soʻng soʻraladi.

Muhim: barcha hujjatlar ingliz tilida boʻlishi kerak.

Hujjat topshirish jarayoni va kerakli hujjatlar haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

Avvalgi dastur gʻoliblari va ularning ishlari bilan ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.

Tez-tez soʻraladigan savollar boʻlimi — FAQs.

Qoʻshimcha savol va murojaatlar uchun: info@wheelwrightprize.org.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

AQSh Harvard GSD Wheelwright Prize — yosh arxitektorlar uchun AQShda tadqiqot olib borishga qaratilgan $100,000 mukofot
08 Fev, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.