Tavsif
Canon Water Challenge — Canon kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan havaskor fotograflar uchun foto tanlov.
Tanlovda 18 yoshdan katta boʻlgan barcha havaskor fotograflar “Make a Splash” mavzusini aks ettiruvchi kreativ ishlari bilan ishtirok etishi mumkin.
Bir ishtirokchi faqat 1ta ish bilan qatnashishi mumkin. Tanlovga fotosuratlar 2022-yil 13-dekabrga qadar qabul qilinadi.
Gʻolib ishtirokchiga qiymati €1099ga teng boʻlgan Canon EOS R10 + RF-S 18-45 mm 4,5/6,3 IS STM toʻplami taqdim etiladi va 2023-yil fevral/mart oylarida Turkiya, Istanbulga 2 kunlik sayohatga borish imkoniyatiga ega boʻladi. Shuningdek, gʻoliblar sayohat davomida professional fotograf Lorenz Xolderning eksklyuziv master-klassida qatnashadi
Tanlov haqida maʼlumot bilan batafsil rasmiy sayt orqali tanishib chiqish mumkin.