Tavsif
Illustrators of the Future Contest tanlovi butun dunyo boʻylab yangi ilmiy-fantastik va fantastik janrdagi rassomlarning sanʼatini rivojlantirish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Mazkur tanlovda qatnashish orqali havaskor rassomlar oʻz ijodining ushbu sohadagi professionallar tomonidan baholanishi va keng auditoriyaga namoyon qilish imkoniga ega boʻladilar.
Tanlovdagi rasmlar faqat professional rassomlar tomonidan baholanadi. Har qanday mavzudagi ilmiy-fantastik yoki fantastik janrdagi rasmlar bilan qatnashish mumkin.
Har chorakda 500 AQSh dollari (jami 1500 dollar) miqdorida uchta mukofot beriladi. Har yili oʻn ikki choraklik gʻoliblar orasidan hakamlar “L. Ron Xabbard Oltin Qalam” mukofoti va qoʻshimcha 5000 dollar pul mukofotini olish uchun bosh mukofot gʻolibini tanlaydi.
Tanlovda qatnashish uchun rasmlarni yuborishning soʻnggi muddati — 31-mart, 2025-yil (O'zbekiston vaqti bilan 1-aprel, 2025-yil).
Illustrators of the Future Contest tanlovi haqida batafsil maʼlumotni ushbu havola orqali olish mumkin.