Tavsif
Havaskor va professional suratkashlar uchun navbatdagi Global Peace Photo Award fototanlovi uchun fotosuratlar qabul qilish jarayoni 2025-yil 1-apreldan boshlanadi. Tanlovga tinch va osuda hayotni ifodalab bergan fotosuratlarni taqdim qilish orqali ishtirok etish mumkin. Tanlov ikki xil yosh kategoriyasi: 14 va undan kichik yoshdagi hamda 15 va undan yuqori yoshdagilar uchun o‘tkaziladi. Tanlovda kelajagimiz birgalikda tinch-totuv yashashda ekanligi haqidagi g‘oyani eng yaxshi ifoda etgan fotosurat g‘olib deb topiladi. G‘oliblar pul mukofoti bilan taqdirlanadi hamda Vena shahrida bo‘lib o‘tadigan taqdirlash marosimida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Tanlov bilan batafsil ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.