Tavsif
Monochrome Photography Awards tanlovi fotografiya yoʻnalishiga ishtiyoqi yuqori boʻlganlarni qoʻllab-quvvatlash va isteʼdod egalarini kashf etish maqsadida tashkil etilgan. Ushbu tanlov professional va havaskor fotograflar uchun 3000 dollar yutib olish va oʻz ishlarini xalqaro auditoriyaga namoyish etish imkoniyatini taqdim etadi.
Ushbu xalqaro tanlovda fotografiya sohasiga qiziquvchi 18 yoshdan yuqori boʻlgan barcha havaskor va professional fotograflar ishtirok etishi mumkin. Tanlov uchun istalgancha oq-qora suratlar yuborilishi mumkin. Suratlar ushbu kategoriyalar boʻyicha qabul qilinadi:
- Abstract — mavhum suratlar;
- Architecture — arxitekturaga oid suratlar;
- Conceptual koseptual suratlar;
- Fashion / Beauty — moda va goʻzallikka oid suratlar;
- Fine Art — tasviriy sanʼat ishlari;
- Landscapes — togʻ manzarasi aks etgan suratlar;
- Nature — tabiat manzarasi aks etgan suratlar;
- Photojournalism — fotojurnalistikaga oid suratlar;
- Photomanipulation — fotomonipulatsiyaga oid suratlar;
- Portrait — portretlar;
- Street — koʻchalar aks etgan suratlar;
- Wildlife — yovvoyi hayvonlar olami aks etgan suratlar.
Tanlov gʻoliblari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Qolaversa, yuqori oʻrinni egallaganlar ham munosib taqdirlanadi. Tanlovning avvalgi mavsum gʻoliblari ishlari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.