Havaskor va professional shaxmatchilar uchun Sovrin jamg’armasi 880 mln so’mlik Respublika shaxmat turniri
O‘zbekiston O‘zbekiston
17 Apr, 2022 · Muddat tugagan

Havaskor va professional shaxmatchilar uchun Sovrin jamg’armasi 880 mln so’mlik Respublika shaxmat turniri

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

O'zbekiston Respublikasi Yoshlar Ishlari agentli shaxmat ixlosmandlari o'rtasida Respublika turniri o'tkazishini e'lon qiladi.

Tanlovda yoshi va jinsidan qat'i nazar, havaskor va professional shaxmat ustalari qatnashishi mumkin.

Mukofot sifatida har bir kategoriya bo'yicha yirik pul mukofotlari (50mln. so'mdan 20 mln. so'mgacha) qo'yilgan. Qolaversa, respublika bosqichigacha yetib kelgan har bir qatnashchiga 10 mln. so'mdan pul mukofoti topshiriladi.

Tanlov haqida batafsil Yoshlar ishlari agentligi rasmiy sahifasidan bilib olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Shaxmat turniri 4 ta yo'nalishda o'tkaziladi:

  • Havaskor ayollar — FIDE reytinggi yo‘q va FIDE reytinggi 1500 dan kam bo‘lganlar.
  • Havaskor erkak — FIDE reytinggi yo‘q va FIDE reytinggi 1600 dan kam bo‘lganlar.
  •  Professional ayol — sport ustaligiga nomzod, lekin FIDE reytinggi yo‘q va FIDE reytinggi 1500 dan yuqorilar.
  • Professional erkak — sport ustaligiga nomzod, lekin FIDE reytinggi yo‘q va FIDE reytinggi 1600 dan yuqorilar.

Imtiyozlar va qulayliklar

G'oliblar yuqoridagi 4 ta yo'nalishning har biri bo'yicha quyidagicha taqdirlanadilar:

  • 1-o'ringa 50 million so'm;
  • 2-o'ringa 30 million so'm;
  •  3-o'ringa 20 million so'm;
  • Respublika bosqichiga chiqqan har bir ishtirokchiga 10 million so'mdan pul mukofotlari topshiriladi.

Topshirish jarayoni

Tanlovda ishtirok etish uchun @uzshaxmatbot (http:t.me/uzshaxmatbot) boti orqali ro’yxatdan o'tish lozim. Ariza topshirish jarayonlari 18-aprelgacha davom etadi. 

Qo'shimcha ma'lumot

Tanlov haqida batafsil Yoshlar ishlari agentligi rasmiy sahifasidan bilib olish mumkin. Savollarni postning izohlar qismida qoldirish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Havaskor va professional shaxmatchilar uchun Sovrin jamg’armasi 880 mln so’mlik Respublika shaxmat turniri
17 Apr, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.