Tavsif
Imagine 2200: Climate Fiction for Future Ancestors tanlovi hikoya yozishga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan bo'lib, unda sayyoramizda 2200-yilgacha bo'ladigan ekologik jarayon bilan bog'liq hikoya yozish talab qilinadi. Hikoya jarayoni hozirgi davrdan boshlab 2200-yilgacha bo'lgan istalgan davrni qamrab olishi kerak. Shuningdek, u kelajakdagi tabiat bilan bog'liq global muammolarga yechimlar, taxminlar, tasavvurlar, chetda qolgan global va iqlim muammolarini o'z ichiga olishi lozim. Hikoyalar ma'lum bir hududga tegishli yoki global miqyosda yozilgan bo'lishi kerak, iqlim o'zgarishi muammosidan qiynalayotgan hududlar haqida yozilgan, aniq obrazlarni qamrab olgan, ma'lum bir hudud madaniyatiga urg'u berilgan (odatlar, urflar, an'analar, milliy taomlar, adabiyot va hokazolar), xolis yondashilgan hamda xulosa qilingan hikoyalarga saralash jarayonida ustunlik beriladi. Yozilgan ishlar turli janrlarda yozilishi mumkin, ular o'ta real bo'lishi yoki yaxshi yakun bilan tugashi shart emas. Jo'natilgan ishlar hajmi 2500-5000 so’z oralig'ida bo'lishi lozim.
Dasturda 18 yoshga to'lgan barcha fuqarolar ishtirok etishlari mumkin. Tanlov doirasida 3 g'olib va qo'shimcha 9 g'olib ham pul mukofoti bilan taqdirlanadi. 1-o’rinni qo’lga kiritgan muallifga Amerikaning Oregon shtat universitetida rezidentlik dasturida qatnashish imkoni beriladi va $3000 bilan taqdirlanadi. Shuningdek, 12 nafar g’olibning hikoyalari Grist, uning hamkor saytlari va Imagine 2200 tanlovi kolleksiyasida nashr etiladi. Dasturga qabul jarayoni 2024-yil 24-iyungacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil ma'lumot olish mumkin.