Tavsif
Hong Kong PhD Fellowship Scheme (HKPFS) — 2009-yilda Gonkong tadqiqot grantlari kengashi (RGC) tomonidan tashkil etilgan boʻlib, dunyodagi eng ilgʻor talabalarni Gonkong universitetlarida doktoranturada oʻqishga jalb etishga qaratilgan.
Stipendiya dasturiga Gonkongdagi universitetlardan birida PhD bosqichida oʻqishni istagan talabalar ariza berishi mumkin:
- Gonkong Shahar Universiteti;
- Gonkong Baptist Universiteti;
- Lingnan Universiteti;
- Gonkongdagi Xitoy Universiteti;
- Gonkong Taʼlim Universiteti;
- Gonkong Politexnika Universiteti;
- Gonkong Fan va Texnologiya Universiteti;
- Gonkong Universiteti (universitetlar haqida batafsil maʼlumot).
Stipendiya dasturi haqida batafsil rasmiy sayt orqali maʼlumot olish mumkin. Shuningdek, dasturning broshyurasi bilan bu yerda tanishish mumkin.