Tavsif
Hozirgi kunda texnologiya sohasida dunyodagi eng yetakchi kompaniyalardan biri Huawei tomonidan xalqaro talabalar uchun 250 dan ortiq bepul onlayn kurslar taqdim etilgan.
Kurslar bugungi kundagi eng dolzarb boʻlgan yoʻnalishlar: 5G, IoT, big data, cloud services, artificial intelligence, corporate communications va boshqa mavzular boʻyicha boʻlib oʻtadi. Ishtirokchilar ushbu havola orqali kirib oʻzlariga qiziq boʻlgan yoʻnalish va shu yoʻnalish boʻyicha darajalarini belgilash orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.
Kurslar har bir yoʻnalish boʻyicha nomzodlar darajasiga qarab ikkiga boʻlingan:
- General Courses (sohaga yangi kirib kelayotgan yoki oʻrtacha darajada bilimga ega boʻlganlar uchun);
- Professional Courses (shu tanlangan yoʻnalishda yetarli bilimga ega va mutaxassis sifatida rivojlanmoqchi boʻlganlar uchun).
Ushbu havolada kurslar katalogi va qaysi yoʻnalish nechchi soat davom etishi, mavzular ketma-ketligi va dars beruvchi mentorlar ham koʻrsatib oʻtilgan.
Kursni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarga Huawei kompaniyasi tomonidan sertifikat beriladi.
Sertifikat olish bosqichi o‘qigan kurs turiga qarab ikkiga boʻlinadi:
- Career certification (General Course'ni tugatganlar uchun);
- Specialist certification (Professional Course'ni tugatganlar uchun).
Kurslarni tamomlagach imtihon topshiriladi va undan muvaffaqiyatli oʻtganlarga sertifikat beriladi. Sertifikat olish bosqichlari bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.