Huawei kompaniyasi tomonidan umumiy sovrin jamgʻarmasi $40,000 bo'lgan Yevrosiyo mintaqasi davlatlari uchun Huawei Cup IT musobaqasi
Rossiya Rossiya
30 Okt, 2021 · Muddat tugagan

Huawei kompaniyasi tomonidan umumiy sovrin jamgʻarmasi $40,000 bo'lgan Yevrosiyo mintaqasi davlatlari uchun Huawei Cup IT musobaqasi

Bakalavr +1 Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Huawei Cup — Huawei kompaniyasi tomonidan 2015-yildan buyon oʻtkazib kelinayotgan Yevrosiyo Axborot va Kommunikatsiya Texnologiyalari (AKT) musobaqasi.

Musobaqaning asosiy maqsadi — AKT sohasidagi yosh va iqtidorli mutaxassislarga mustaqil oʻrganish va bilim orttirishida yordam berish hamda ularning kasbiy mahoratini oshirish. Musobaqa davomida ishtirokchilar maxsus onlayn maktab mashgʻulotlari/kurslari orqali tanlangan nominatsiyalar boʻyicha professional mutaxassislardan amaliy va nazariy bilimlarga ega boʻlishadi. 

Musobaqa 5 xil nominatsiyalar boʻyicha tashkil qilingan. Musobaqaning umumiy sovrin jamg’armasi $40000ni tashkil etadi.

Nominatsiyalar:

  • IP — IP tarmoqlarining texnologiyalari va protokollari;
  • Storage — maʼlumotlar markazlarining komponentlari;
  • 5G — yangi avlod mobil aloqa texnologiyalari va standartlari;
  • AI — sunʼiy intellektning modellari va usullari;
  • APP — mobil ilovalarni ishlab chiqish;
  • ICT observer — AKT kuzatuvchisi;

Kimlar uchun mo'ljallangan

Ishtirokchilarga qoʻyiladigan talabalar:

  • 18-28 yosh oraligʻida boʻlish;
  • Koʻrsatilgan davlatlardan birida yashayotgan boʻlish. Oʻzbekiston ham oʻsha davlatlar qatorida;
  • Bakalavr, magistratura talabasi yoki bitiruvchisi boʻlish;
  • Tanlangan nominatsiya boʻyicha boshlangʻich bilimga ega bo’lish ( afzal koʻriladi).

Imtiyozlar va qulayliklar

Sovrin jamgʻarmasi: $40000

  • 5G, AI, IP, Storage nominatsiyalari boʻyicha bosh sovrin — $10000;
  • 2 va 3-oʻrinlarni egallagan ishtirokchilar uchun Huawei kompaniyasining eng zamonaviy gadjetlari;
  • Maxsus onlayn maktab/kurslar orqali AKTga doir yangi amaliy va nazariy bilimlarga ega boʻlish;
  • AKT sohasidagi yetakchi mutaxassislar bilan birga tajriba orttirish.

Topshirish jarayoni

Musobaqada ishtirok etish tartibi quyidagi bosqichlardan iborat:

  1. Rasmiy saytda roʻyxatdan oʻtish va oʻz shaxsiy kabinet ochish.
  2. Quiz shaklidagi viktorinada qatnashish.
  3. Nominatsiyalarga qarab maxsus onlayn maktab mashgʻulotlarida/kurslarida qatnashish. Onlayn maktabda oʻrgatilgan bilimlar va amaliy koʻnikmalar boʻyicha imtihonda qatnashish. 
  4. Yakuniy bosqich — yuqoridagi bosqichlardan muvaffaqiyatli oʻtgan qatnashchilar tanlangan nominatsiya boʻyicha amaliy musobaqada ishtirok etishadi.

Ushbu havola orqali har bir nominatsiya boʻyicha batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

Musobaqa natijalari, toʻplangan ballari haqida har bir ishtirokchining shaxsiy kabineti orqali maʼlumot berib boriladi

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Daraja

    Bakalavr, Magistratura

  • Dastur tili

    Ingliz tili, Rus tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18, Max: 28

Rossiya Huawei kompaniyasi tomonidan umumiy sovrin jamgʻarmasi $40,000 bo'lgan Yevrosiyo mintaqasi davlatlari uchun Huawei Cup IT musobaqasi
30 Okt, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.