Tavsif
Xitoyning telekommunikatsiya sohasidagi yetakchi kompaniyalaridan biri boʻlgan Huawei kompaniyasi 2017-yildan buyon har yili NEXT-IMAGE Awards fototanlovini oʻtkazib keladi. Tanlovning asosiy maqsadi butun dunyo boʻylab mobil telefon foydalanuvchilarini yangi vizual madaniyatni yaratishga chaqirishdir. Huawei “NEXT-IMAGE” konsepsiyasini nafaqat vizual ifoda sohasiga olib kelgan koʻp yillik yangiliklarini koʻrsatish, balki yangi oʻsayotgan fotografiya maktabini ifodalovchi konsepsiyasini yaratish uchun ham ishlab chiqqan.
NEXT-IMAGE mukofotlari Huawei kompaniyasining zamonaviy fotografiya sanʼatiga boʻlgan sadoqatini aks ettiradi. Yangi fotosuratchilarni zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlash orqali ularning qobiliyatlarini oʻzlarining kreativ va noodatiy yondashuvdagi faoliyati bilan koʻrsatib berishini qoʻllab-quvvatlaydi.
Tanlov yoʻnalishlari:
- Portrait
- Monochrome
- Color
- Snapshot
- Night
- Telephoto
- Super Wide Angle
- Super Macro
- Story Creator
- Storyteller