Tavsif
AQShning Vashington shtatida joylashgan Hudson instituti siyosat sohasiga qiziqadigan bakalavriat talabalari uchun toʻliq moliyalashtiriladigan 6 haftalik Summer Fellowship Program dasturini taqdim etadi.
Dasturdan asosiy maqsad yoshlarda siyosiy fikrlashni kengaytirish va ularga davlat siyosatini chuqur oʻrganish imkoniyatini yaratishdir. Shu maqsadda dastur davomida jamiyatning namunali mutaxassislari va taniqli maʼruzachilari tomonidan tadbirlar tashkil qilinadi. Dastur 2026-yil 24-maydan 7-avgustgacha davom etishi rejalashtirilgan.
Ushbu dastur davomida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
- Siyosiy nazariya va davlat siyosati mavzulari boʻyicha mohir oʻqituvchilari tomonidan seminarlar oʻtiladi. Unda ishtirokchilar siyosatga doir matnlarni muhokama qilishga jalb qiladi.
- Siyosatshunoslar va tajribali hukumat amaldorlari boshchiligida bir qator seminarlar oʻtiladi. Ushbu haftada ishtirokchilar siyosatni ishlab chiqish jarayonida faol ishtirok etadilar.
- Hukumat, biznes, jurnalistika, harbiylar va akademiyaning rahbarlari davlat xizmatining asl mohiyati hamda mamlakatning eng dolzarb muammolari haqida muhim bilimlarni berishadi.
- Ishtirokchilar siyosatni boshqa sohalar, jumladan, sanʼat, tarix va harbiy qarorlarni qabul qilish orqali koʻrishlari uchun milliy va tarixiy ahamiyatga ega joylarga sayohat qilishlariga imkoniyat yaratiladi.
Dastur siyosiy nazariya va amaliyot boʻyicha taʼlim berish orqali yoshlarda dunyo oldida turgan muammolarga jiddiy qarshi turishga yordam beradigan siyosiy fikr va strategik tahlilni shakllantiradi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.