Tavsif
Human Rights Essay Award - har yili Amerikadagi Vashington huquqshunoslik kolleji tomonidan tashkil qilinadigan insholar tanlovidir. Tanlovda xalqaro inson huquqlari sohasiga qiziqadigan va ushbu sohada maʼlum bir tajribaga ega nomzodlar qatnashishlari mumkin.
Insholar uchun 2025-yilgi mavzu: “Human Trafficking and Human Rights“.
Insholar ingliz yoki ispan tillarida 2025-yilning 3-fevraliga qadar qabul qilinadi. Qabul tugaguniga qadar nomzodlar huquqshunoslik sohasida bakalavr darajasiga ega yoki yuridik fanlari doktori (PhD) boʻlishlari soʻraladi. Gʻoliblar shu yilning 1-aрrelida eʼlon qilinadi.
Gʻoliblar maxsus sertifikat bilan mukofotlanadi. Ilmiy esseylari xalqaro jurnalda chop etiladi. Shuningdek, Vashingtonda boʻladigan 3 haftalik trening dasturida bepul qatnashish imkoniga ega boʻladi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.