Ibrat Debate jamoasidan yetakchilik qobiliyatiga ega yoshlar uchun volontyorlik dasturi
O‘zbekiston O‘zbekiston
12 Apr, 2025 · Muddat tugagan

Ibrat Debate jamoasidan yetakchilik qobiliyatiga ega yoshlar uchun volontyorlik dasturi

Tadqiqot Bepul ishtirok

Tavsif

Ibrat Debate jamoasidan ingliz tilini yaxshi biladigan va yetakchilik qobiliyatiga ega yoshlar uchun volontyorlik dasturi taqdim etiladi. 

Hozirda ushbu jamoada 100 dan ortiq volontyor yoshlar mavjud va u mamlakatning har bir shahrida o'z debat klublarini (debate club) ochishni rejalashtirgan. Buning uchun esa kuchli yetakchilik qobiliyatiga ega yoshlar qidirilmoqda.

Dasturda qatnashish orqali ham yuqori natijalarga ega yoshlar bilan birga ishlash ham o'zidagi qobiliyatni namoyish qilish va kuchli bilim egalarini bir joyga to'plashga o'z hissasini qo'shishlari mumkin.

Ma'lumot uchun: Ibrat Debate jamoasi 14 ta hududda turli debatlar, 100 dan ortiq sessiyalar o'tkazgan bo'lib, unda 3 mingdan ortiq ishtirokchilar qatnashgan.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali ma'lumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Yetakchilik qobiliyatiga ega barcha yoshlar qatnashishi mumkin;
  • Ingliz tilini B2 darajada bilish lozim.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Dasturda bepul qatnashish mumkin;
  • Top universitet talabalari, IELTS va SAT dan yuqori ball egalari hamda boshqa yuqori natijaga erishgan yoshlar bilan bir jamoada ishlash imkoniyati;
  • Ibrat Debate Capm oromgohiga yo'llanma olish mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishi mumkin.

Ariza topshirishda quyidagilar so'raladi:

  • Shaxsiy savollar;
  • Til bilish darajasi;
  • Til bilish darajasini ko'rsatuvchi sertifikat;
  • Dasturda qatnashishdan maqsadini aniqlashga qaratilgan savollar;
  • 3 yillik kelajak rejalari;
  • Ishtirokchining telefon raqami va Telegram username.

Qo'shimcha ma'lumot

  • Dasturga hujjat topshirish uchun oxirgi muddat: 13-aprel, 2025-yil;
  • Dastur ingliz tilida olib boriladi va arizalar to'liq ingliz tilida topshiriladi.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Tadqiqot

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Ibrat Debate jamoasidan yetakchilik qobiliyatiga ega yoshlar uchun volontyorlik dasturi
12 Apr, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.