Tavsif
Ikki katta loyiha, ya'ni Ibrat Farzandlari hamda WikiStipediya birgalikda yoshlar uchun foydali va qiziq bo‘lgan Ibrat & Wiki oromgohini tashkil etadi.
Ibrat Farzandlari — yoshlarning xorijiy tillarga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ularga xorijiy tillar bo‘yicha bepul ta'lim berish uchun tashkil qilingan loyiha.
WikiStipendiya — o‘zbekcha Vikipediyadagi kontentni yaxshilash va boyitishga qaratilgan viki-loyiha.
Oromgohning maqsadi:
- xorijiy tillarni biladigan iqtidorli yoshlar uchun hamjamiyat tashkil etish;
- jamoa bo‘lib ishlash ko‘nikmasini oshirish;
- tarjimonlik mahoratini rivojlantirish;
- ular uchun kerakli ko‘nikmalarni (soft skills) rivojlantirish;
- O‘zbekiston haqidagi ma'lumotlarni Vikipediyada ko‘paytirish.
Oromgoh Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida joylashgan Yoshlar Oromgohida boʻlib oʻtkaziladi.
Orgomgoh kunlari: 20–26-fevral, 2023-yil.
Har mavsumda 250-300 ga yaqin yetakchi yoshlar ushbu oromgohda bepul ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladilar.