ICT Academy'dan Backend dasturlash kursida oʻqish uchun grant dasturi
O‘zbekiston O‘zbekiston
25 Fev, 2022 · Muddat tugagan

ICT Academy'dan Backend dasturlash kursida oʻqish uchun grant dasturi

Kurslar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

ICT akademiyasining Backend dasturlash guruhlariga roʻyxatdan oʻtib, imtihonda aʼlo natija koʻrsatib, 1 oylik grant sohibiga aylanishingiz mumkin. Grantlar soni 3 ta!

Kursni tajribali “Fullstack web developer” Dilmurod Axmadovdan olib boradi.

Darslar haftada 3 kun 2 soatdan olib boriladi.

Kurs davomida siz quyidagi texnologiya va bilimlarga ega boʻlishingiz mumkin:

  • Nginx yoki apache serverlari bilan ishlash;
  • PHP va OOP;
  • Yii2 freymvorki;
  • Git;
  • Rest API texnologiyasi;
  • saytni serverga qoʻyish (hosting qilish).

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturlashni oʻrganmoqchi boʻlgan barcha yoshlar roʻyxatdan oʻtishi mumkin. 

Imtihon matematika va mantiq fanlaridan boʻlib oʻtadi.

Imtiyozlar va qulayliklar

Kursning afzallik taraflari:

  • Real loyihalar bilan ishlash va kurs yakunigacha tayyor portfolioga ega boʻlish;
  • Kursni muvaffaqiyatli yakunlagandan soʻng, ish bilan taʼminlanish.

Topshirish jarayoni

Ushbu forma orqali roʻyxatdan oʻting va markaz xodimlari siz bilan bogʻlanib imtihon haqida maʼlumot berishadi.

Qo'shimcha ma'lumot

Murojaat uchun:
+998883338806
+998951430013

Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur shoh koʻchasi, 118 “A” uy.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Kurslar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

O‘zbekiston ICT Academy'dan Backend dasturlash kursida oʻqish uchun grant dasturi
25 Fev, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.