Tavsif
ICYF (Islamic Cooperation Youth Forum) yosh dizaynerlar uchun ishlarini dunyoga tanitish imkonini yaratuvchi xalqaro ICYF 20th Anniversary Logo Redesign Competition tanlovini eʼlon qiladi. Tanlov tashkilotning 20 yillik yubileyiga bagʻishlangan boʻlib, unda tashkilot logosi bilan birga uning 20 yillik yubileyi yoki 20 yozuvi aks etgan boʻlishi zarur. Dasturda barcha nomzodlar qatnashishlari mumkin. Tanlovga taqdim etiladigan ishlar talablarga mos shaklda yaratilgan va topshirilgan boʻlishi lozim. Har bir ishga ijodkorlik bilan yondashilgan va oʻziga xos uslubga ega boʻlishi kerak. Dastur gʻoliblariga 1,000 dollar miqdorida mukofot puli taqdim etiladi.
Tanlovga arizalarni qabul qilish jarayoni 2024-yil 31-oktyabrgacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.