Turli xalqaro grantlar g'olibalaridan qizlarning ijodiy yozish mahoratini oshirishga qaratilgan "Storily" xayriya kursi
O‘zbekiston O‘zbekiston
07 Dek, 2023 · Muddat tugagan

Turli xalqaro grantlar g'olibalaridan qizlarning ijodiy yozish mahoratini oshirishga qaratilgan "Storily" xayriya kursi

Kurslar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Storily Cohort 2 — bu butun dunyodan kelgan qizlar uchun ijodiy yozish malakasini oshirishga qaratilgan va ingliz tilida olib boriladigan seminar mashgʻulotlari boʻlib, dastur 1 oy davom etishi moʻljallangan.

Dasturning maqsadi ijodkorlik bilan yozilgan hayotiy hikoyalar yozish orqali qizlarning erkin fikr bildirish, ichki dunyosini qogʻozda ifodalashni oʻrgatish, shuning bilan birga, eng yaxshi dasturlar va universitetlar uchun motivatsiya xatlarini qiynalmay yozishlariga asqatadigan koʻnikmalarni oʻrgatishdir.

Dastur sanasi: 9-dekabr — 8-yanvar (1 oy).

Dastur bir qancha yutuqlarga ega tajribali mentorlar tomonidan olib boriladi. Mentorlar bilan bu yerda toʻliq tanishish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Ingliz tilini B2-C1 darajada biladigan 13-22 yoshdagi barcha ayol/qizlar

Imtiyozlar va qulayliklar

Asosiy qism

  • Ijodiy yozish qobiliyatini oshirishga qaratilgan seminar mashgʻulotlari;
  • Tadbirkorlik, startaplar, networking va omma oldida nutq so'zlash bo'yicha mutaxassislar bilan 4 ta seminar;
  • Biznes, professional tadqiqotlar sohasidagi eng yaxshi yosh ayol yetakchilar bilan 4 ta intervyu;

Bonuslar

  • Taʼsischi, bosh direktor va murabbiylar bilan individual konsultatsiyalar;
  • Hikoyalarni Storily rasmiy veb-saytiga joylashtirish;
  • Haftaning 10 ta eng yaxshi hikoyasi uchun haftalik nominatsiyalar, faol ishtirok va h.k;
  • Eng faol qatnashchilar uchun mukofotlar (Telegram premium, Netflix premium, Spotifyga obunalar);
  • Storilyʼning keyingi yigʻilishlari va oflayn tadbirlarda koʻngilli boʻlib ishtirok etish;
  • Oʻzbekistonning bir qancha viloyatlarida oflayn va onlayn boʻlib oʻtadigan sertifikat topshirish marosimlarida ishtirok etish;
  • Yopiq guruhga qoʻshilish.

Topshirish jarayoni

Ariza topshirish uchun kerakli formani toʻldirish kerak.

Dasturda qatnashish uchun minimal 99 000 oʻzbek soʻmi (yoki 740 rus rubli / 3 700 qozoq tengesi / $8) miqdorida xayriya to'lovi qilish kerak. Xohishga koʻra, xayriya miqdorini koʻpaytirish mumkin.

Eslatma: Toʻplangan mablagʻning 85 foizi “Storily” tomonidan viloyatning chekka tumanlari va qishloqlarida ijodiy yozish ustaxonalari oʻtkazish uchun yoʻnaltiriladi.

Qo'shimcha ma'lumot

Toʻliq maʼlumotlarni ushbu kanal orqali kuzatib borish mumkin.

Qo'shimcha savollarga javoblarni bu yerdan topish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Kurslar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 12, Max: 22

  • Jins

    Ayol

O‘zbekiston Turli xalqaro grantlar g'olibalaridan qizlarning ijodiy yozish mahoratini oshirishga qaratilgan "Storily" xayriya kursi
07 Dek, 2023
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.