Tavsif
M&C Saatchi Group va Saatchi galereyasining tashabbusi bilan o'z ijodiy karyerasini boshlaganiga besh yil bo'lgan rassomlar uchun umumiy mukofot jamg'armasi 20,000 funt sterling bo'lgan “Art for Change Prize — 2024” tanlovini tashkil etadi. Ushbu tanlov san'at, madaniyat va ijodkorlik sohalarini rivojlantirish va yosh iste'dodlarni kashf etish maqsadida tashkil etilmoqda. Bu esa dunyo bo'ylab tasviriy san'at sohasidagi yosh rassomlarni rag'batlantiradi, shuningdek, ijobiy ijtimoiy o'zgarishlar uchun vosita sifatida xizmat qiladi.
Bu yilgi tanlovning ijodiy mavzusi — “Tomorrow'ing: Visions of a better future” (Tomorrow'ing: yaxshiroq kelajak haqidagi tasavvurlar).
Dunyoda iqlim o'zgarishlari nihoyatda jadallashib, jamiyatning barcha qatlamiga o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatmoqda. Tanlov ishtirokchilari esa o'z ijod namunalari orqali farovon kelajak haqidagi yangi g'oyalarni yaratishi va odamlarni mana shu o'zgarishlar uchun harakat qilishga ilhomlantirishi kerak.
Ma'lumot uchun: M&C Saatchi Group — yangilik yaratish va o'zgarishlar qilish istagida bo'lganlarni maxsus soha mutaxasislari bilan bog'lovchi ijodiy kompaniyalardan biridir. Bosh shtab-kvartirasi Londonda joylashgan bo'lib, Buyuk Britaniya, Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika, Osiyo va Avstraliyada yirik markazlarga ega 23 ta filiali bor.
Mazkur tanlov haqida to'liq ma'lumotni ushbu havola orqali olish mumkin.