Tavsif
Buyuk Britaniya muharrirlari tomonidan tashkil etilgan Bristol Short Story Prize (BSSP) tanlovi har yili butun dunyo boʻylab kuchli isteʼdodga ega boʻlgan ijodkor yozuvchilarni kashf etmoqda.
Hozirda ushbu tanlovning 2025-yil mavsumi uchun hikoyalar qabul qilinmoqda. Tanlov uchun istalgan mavzu va yoʻnalishdagi ingliz tilida yozilgan hikoyalar qabul qilinadi. Jami 20 nafar saralangan ijodkorlar mukofotlanadi va ularning ishlari Bristol Short Story Prize Anthologyda chop etiladi. Bosh mukofot — £1000.
Ushbu tanlovning oʻtgan yilgi mavsumida Isidora Cortes-Monroy oʻzining Cake for the Disappeared hikoyasi bilan qatnashgan va gʻolib deb topilgan.
Tanlovning avvalgi mavsumlari gʻoliblari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.