Tavsif
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi “Kelajak merosi” xalqaro mukofoti uchun tanlovni eʼlon qiladi.
“Kelajak merosi” xalqaro mukofoti Oʻzbekiston va dunyo ijodkorlari, olimlari hamda innovatorlari uchun nufuzli mukofot hisoblanadi. Bundan tashqari, ushbu mukofot madaniyat, sanʼat, adabiyot, fan va innovatsiyalar taraqqiyotiga sezilarli hissa qoʻshgan asar va ishlanmalarni eʼtirof etish maqsadida taʼsis etilgan.
Tanlov quyidagi nominatsiyalardan iborat:
- Ilm-fan, taʼlim va raqamli texnologiyalar;
- Moda va dizayn;
- Madaniy meros;
- Teatr va kino;
- Adabiyot;
- Musiqa va raqs;
- Tasviriy va amaliy sanʼat.
Tantanali taqdirlash marosimi Oʻzbekiston Respublikasida davlat muassasalari ishtirokida oʻtkaziladi.
Maʼlumot uchun: Prezidentning 3-noyabrdagi tegishli farmoni bilan Oʻzbekistonda “Kelajak merosi” xalqaro mukofoti taʼsis etildi.
Hujjatga koʻra, “Kelajak merosi” xalqaro mukofoti kengashi tuziladi, uning tarkibi hamda asosiy vazifalari tasdiqlanadi. Madaniyat vazirligi kengashning ishchi organi etib belgilandi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.