Tavsif
Camargo Core Program - Camargo Jamg'armasining yetakchi dasturi bo'lib, to'liq jamg'arma tomonidan moliyalashtiriladi. Dastur san'at va gumanitar fanlarga oid sohalardagi yangi tadqiqot, tajriba va fanlararo aloqalarni qo'llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan. Har yili butun dunyo bo'yicha 18 nafar olim, san'atkor va ijodkorlar dasturga qabul qilinadi va ularning 6-11 hafta davomida Fransiyada tadqiqot olib borishi uchun barcha sharoitlar bilan ta'minlab beriladi.
Dasturning asosiy maqsadi ilg'or salohiyatga ega olim va san'atkorlarga erkin tadqiqot olib borish, tajriba o'tkazish va o'z sohasida yangilik qilishini qo'llab-quvvatlash hisoblanadi. Shuningdak, dastur davomida ishtirokchilar birgalikda ishlash orqali bir-birlari bilan fikr almashish va boshqa olimlar bilan aloqa o'rnatish imkoniyatiga ega bo'ladi.