Ijtimoiy fanlar doirasida PhD darajasida o'qish imkoniyati — School of Social Sciences PhD Studentship. Yillik stipendiya miqdori — £16,062
Buyuk Britaniya Buyuk Britaniya
08 Sen, 2022 · Muddat tugagan

Ijtimoiy fanlar doirasida PhD darajasida o'qish imkoniyati — School of Social Sciences PhD Studentship. Yillik stipendiya miqdori — £16,062

PhD To‘liq taʼlim Qisman moliyalash

Tavsif

The Intercultural Research Centre (IRC)bakalavriat yoki magistratura darajasiga ega nomzodlarga toʻliq smenada PhD grantini taklif etadi.

Dastur 3 yil davom etadi.

Mazkur dastur 2023-yilning yanvar oyida boshlanadi.

PhD ishiga doktor Katerina Strani (A.Strani@hw.ac.uk) va doktor Kerstin Pfayfer (K.Pfeiffer@hw.ac.uk) rahbarlik qiladi. Ariza beruvchilar oʻz arizalarini topshirishdan oldin norasmiy muhokama uchun nazorat guruhi bilan bogʻlanishlari tavsiya etiladi.

Dastur ingliz tilida olib boriladi.

Stipendiyani qoʻlga kiritgan nomzodning oʻqish toʻlovlari toʻliq qoplanadi va yillik stipendiya beriladi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Nomzod kamida bakalavr darajasiga ega boʻlishi lozim. Magistratura darajasiga ega nomzodlar afzallikka ega;
  • Ingliz tilini bilishi lozim. IELTS sertifikati talab etiladi. Minimum 6.5 (barcha qismlar 6.0dan kam boʻlmasligi kerak).

Dastur talablari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Nomzod oʻqish toʻlovlaridan ozod etiladi;
  • Yillik £16,062 stipendiya beriladi;
  • Tadqiqot ishiga £2,250 yordam puli ajratiladi;
  • Stipendiya egalariga har yili oʻqitish yordam puli ham taklif etiladi.

Dastur manfaatli jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturga ariza topshirish uchun ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtish lozim.

Quyidagi hujjatlar dasturga topshiriladi:

  • Toʻliq formatdagi CV;
  • Oldingi barcha oʻqilgan darajadagi baholar tarjimasi hamda diplom/sertifikat nusxalari. Agar nomzod Buyuk Britaniya baholash tizimida oʻqimagan boʻlsa, baholarni Buyuk Britaniya ekvivalentiga oʻzgartirish lozim;
  • Nima uchun nomzod Heriot-Vatt universitetida PhD darajasida oʻqishni xohlashi va uni eng zoʻr nomzodga aylantiradigan qisqacha xat;
  • Tadqiqot taklifi (maksimal 1500 soʻz). Ushbu loyiha nomzod oʻzi tanlagan sohaga qanchalik mos kelishini aniq koʻrsatishi lozim. Taklifda nomzod “IRC PhD stipendiyasi” ga ariza topshirishlari aniq belgilanishi kerak.

Dasturga ariza topshirishning soʻngi muddati 2022-yil 8-sentyabr.

Qo'shimcha ma'lumot

Qoʻshimcha savol va murojaatlar uchun: soss.pgr@hw.ac.uk

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    Qisman moliyalash

  • Daraja

    PhD

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

  • IELTS talabi

    Min: 6.5

Buyuk Britaniya Ijtimoiy fanlar doirasida PhD darajasida o'qish imkoniyati — School of Social Sciences PhD Studentship. Yillik stipendiya miqdori — £16,062
08 Sen, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.