Tavsif
Germaniyadagi University Alliance Ruhrning bir qismi boʻlgan Ijtimoiy va gumanitar fanlar kolleji xalqaro ilmiy hamda mahalliy tadqiqotchilar yaqin hamkorlikda ishlashlari uchun International Senior Fellowship Programme dasturini eʼlon qiladi.
Dastur davomida ishtirokchilarga oylik stipendiya beriladi va moliyaviy yordam koʻrsatiladi. Shuningdek, ular turli seminar, maʼruza va konferensiyalarda qatnashish, kutubxona, axborot texnologiyalaridan bepul foydalanish kabi imkoniyatlarni ham qoʻlga kiritishadi.
Dasturda qatnashish uchun nomzodlar doktorlik darajasini kamida 6 yil oldin olgan boʻlishlari va ariza topshirishgacha tandem hamkori tanlashlari lozim. Ishtirokchilar ingliz tilini bilishlari kerak, nemis tilini bilish esa majburiy emas.
Dastur 2026-yil 1-martdan 1-sentyabrgacha davom etadi.
Dasturga qabul jarayoni 2025-yil 25-may, Oʻzbekiston vaqti bilan 26-may soat ertalabki 02:59 gacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.