Tavsif
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasida joylashgan oliy ta’lim muassasalarida bakalvriat va magistratura bosqichlarini tamomlayotgan talabalar o‘rtasida tanlov e’lon qiladi. Nomzod O‘zbekiston hududidagi oliy ta’lim muassasalaridan birining bakalavriat yoki magistratura bosqichining bitiruvchi talabasi bo‘lish kerak. Tanlov 2 bosqichdan iborat bo‘ladi:
1-bosqich. Tanlov komissiyasi tanlovning birinchi bosqichida taqdim etilgan BMI va dissertatsiya ishlari orasidan tanlov mezonlari asosida taqdimot uchun 10 ta ishni tanlab oladi hamda taqdimot qilinishi uchun keyingi bosqichga tavsiya etadi.
2-bosqich. Tanlovning ikkinchi bosqichida ushbu bosqichga tavsiya qilingan ishtirokchilar taqdimot qiladi. Ularning taqdimotlari tanlov mezonlariga ko‘ra baholanadi. Ikkinchi bosqich yakuni bo‘yicha uchta g‘olib aniqlanadi.
Dastur g‘oliblari noutbuk, plaud va planshet kabi sovrinlar bilan taqdirlanadi. Bundan tashqari, g‘oliblar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarda amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Tanlov haqida ushbu havola orqali batafsil ma’lumot olish mumkin.