Ijtimoiy loyihaga ega boʻlgan 18 yoshdan yuqori barcha yetakchilar uchun xalqaro “We are Together” tanlovi
Rossiya Rossiya
14 Avg, 2022 · Muddat tugagan

Ijtimoiy loyihaga ega boʻlgan 18 yoshdan yuqori barcha yetakchilar uchun xalqaro “We are Together” tanlovi

Xalqaro musobaqalar Bepul ishtirok

Tavsif

International Prize “We are Together” tanlovi dunyo boʻylab yetakchi yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, jamiyatning maʼlum sohalarida ijobiy oʻzgarish qilishni reja qilganlarga yordam berishni maqsad qilgan xalqaro tanlov hisoblanadi.

Tanlov asosiy maqsadi fuqarolar va tashkilotlarni muhim ijtimoiy muammolarni hal qilishga qoʻshgan katta hissasi uchun ragʻbatlantirishdan iborat.

Tanlov quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha boʻlib oʻtadi:

  • Teng imkoniyatlar va ijtimoiy adolat;
  • Ekologiya va barqaror rivojlanish;
  • Tibbiyot va sogʻlom turmush tarzi.

Ushbu yoʻnalishlar boʻyicha nomzodlar yakka tartibda alohida loyiha bilan yoki tashkilotchilar jamoaviy gʻoyalari bilan onlayn tarzda ishtirok etishi mumkin. saralshadan o'tib, g'olib deb topilsa, Rossiyaning Moskva shahrida boʻlib oʻtuvchi taqdirlash marosimida qatnashish imkoniyatiga ega boʻladi va alohida nominatsiyalar bilan taqdirlanadi. 

Kimlar uchun mo'ljallangan

Tanlovda ishtirok etish uchun talablar:

  • Nomzod 18 yoshdan katta, erkin fikrli boʻlishi lozim
  • Ekologiya va barqaror rivojlanish, tibbiyot va huquq sohalarida loyihaga ega boʻlishi kerak;
  • Ingliz yoki rus tilini bilishi kerak. Til sertifikati talab etilmaydi;
  • Loyihalar allaqachon yoʻlga qoʻyilgan va allaqachon ijobiy natija koʻrsata boshlagan boʻlishi kerak;
  • Nomzodlar oʻz loyihasi orqali xalqaro yoki mahalliy miqyosda ijobiy oʻzgarish qilishni maqsad qilgan boʻlishi kerak.

Dastur talablari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dastur imkoniyatlari:

  • Saralangan nomzodlar Moskva shahrida boʻlib oʻtuvchi taqdirlash marosimida qatnashish uchun yoʻllanmani qoʻlga kiritishadi. Ayrim ishtirokchilar safar xarajatlari qoplanishi mumkin. Bu haqida email orqali alohida xabar yuboriladi;
  • Gʻoliblar bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi va uni oʻz xohishiga koʻra sarflashlari mumkin;
  • Ishtirokchilar butun dunyo yetakchilari bilan fikr almashish imkoniyatiga ega boʻladi;
  • Tajribali mutaxassislar va ekspertlardan loyihani rivojlantirish boʻyicha maslahat olishlari mumkin;
  • Yil davomida gʻolib mamlakatlarning yuqori martabali, yetakchi ekspertlari, jamoat arboblari va gʻoliblar oʻrtasidagi uchrashuvlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladi

Eng yaxshi loyihalar quyidagi nominatsiyalar bilan taqdirlanadi:

  • Teng imkoniyatlar va ijtimoiy adolat;
  • Ekologiya va barqaror rivojlanish;
  • Tibbiyot va sogʻlom turmush tarzi.

Dastur imkoniyatlari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Topshirish jarayoni

Tanlovda yakka tartibda yoki tashkilot sifatida ishtirok etish mumkin:

  • Individual ishtirokchilar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin;
  • Tashkilotchilar uchun ariza topshirish ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.

Ariza topshirish haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

Muhim sanalar:

  • 2020-yil 5-dekabrdan 2022-yil 15-avgustgacha ariza topshirish mumkin;
  • 2022-yil sentyabr-oktyabr oylarida nomzodlar roʻyxati eʼlon qilinadi;
  • 2022-yil oktyabr-noyabr oylarida nomzodlar loyihalari mahalliy ekspertlar tomonidan koʻrib chiqiladi;
  • 2022-yil noyabr oyida saralangan nomzodlarga Rossiyaning Moskva shahrida boʻlib oʻtuvchi taqdirlash marosimiga taklifnoma yuboriladi;
  • 2022-yil 2-5-dekabr kunlari taqdirlash marosimi boʻlib oʻtadi.

Qoʻshimcha savol va murojaatlar uchun: info@wearetogetherprize.com

Koʻp berilgan savollar va ularning javobi bilan ushbu havola orqali batafsil tanishish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    Ingliz tili, Rus tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18

  • Jins

    Erkak, Ayol

Rossiya Ijtimoiy loyihaga ega boʻlgan 18 yoshdan yuqori barcha yetakchilar uchun xalqaro “We are Together” tanlovi
14 Avg, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.