Tavsif
Ilgʻor texnologiyalar markazi tomonidan C.A.T. Science Accelerator ilmiy akseleratoriga startaplar qabulini eʼlon qiladi.
Dasturda ushbu yoʻnalishlar boʻyicha startap gʻoyaga ega boʻlganlar ishtirok etishi mumkin:
- Оziq-ovqat texnologiyalari;
- Biotexnologiya;
- “Yashil” texnologiyalar;
- Diagnostika va biotibbiyot;
- Muqobil energiya manbalari;
- Yangi materiallar;
- Tibbiyot va oziq-ovqat sohalarida IT va raqamli texnologiyalar.
Dastur asosan оʼzbek tilida olib boriladi. Lekin ingliz va rus tilidagi materiallardan ham foydalaniladi.
Akselerator Innovatsion rivojlanish agentligi va Erasmus+ “Ecampuz” loyihasi tomonidan qoʻllab quvvatlanadi. Hozirgacha 5 ta akseleratsiya dasturini oʻtkazilgan. Akseleratorning 7 ta startapi umumiy miqdori 5 000 000 000 soʻmlik mablagʻlarga ega boʻldi! Koʻplab jamoalar oʻz bisneslarini muvaffaqiyatli yoʻlga qoʻyishga erishdilar.
Dastur haqida batafsil maʼlumоtni ushbu havоla оrqali оlish mumkin.