Havaskor yozuvchilar uchun $5000 gacha mukofot puli yutib olish imkoniyatini beruvchi Writers of the Future tanlovi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
30 Mar, 2026 · Muddat tugagan

Havaskor yozuvchilar uchun $5000 gacha mukofot puli yutib olish imkoniyatini beruvchi Writers of the Future tanlovi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Writers of the Future ijodga yangi kirib kelgan va ilmiy fantastik yoʻnalishda ijod qiluvchi havaskor yozuvchilarni qoʻllab-quvvatlash uchun Writer Contest tanlovini tashkil etgan. Tanlov bir yilda 4 marta oʻtkaziladi va har mavsum uchun quyidagi sanadan boshlab ijodiy ishlar qabul qilinadi:

  • 1-mavsum — 1-oktyabr;
  • 2-mavsum — 1-yanvar;
  • 3-mavsum — 1-aprel;
  • 4-mavsum — 1-iyul.

Barcha ishlar professional yozuvchilar tomonidan baholanadi. Bu safargi mavsum uchun oxirgi muddat 2025-yil, 31-dekabrgacha qabul qilinadi.
Tanlovda ishtirok etish mutlaqo bepul boʻlib, ishtirokchilar 5000 dollargacha mukofot puli yutib olish imkoniyatiga ega boʻladi.

Tanlovga qatnashish qoidalari bilan bu yerda batafsil tanishish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Ushbu tanlovda avval birorta ishi nashrdan chiqmagan yosh havaskor yozuvchilar qatnashishi mumkin. Tanlovda avval gʻolib boʻlgan nomzodlar qatnasha olmaydi.

Asar uchun qoʻyilgan talablar:

  • Ijodiy ishlar ilmiy fantastik, badiiy toʻqima va fantastik yoʻnalishdagi avval nashr ettirilmagan ijodiy ishlar qabul qiliandi;
  • Ijodiy ishlar 17000 gacha soʻzdan iborat boʻlishi;
  • Barcha ishlar original boʻlishi, plagiat bo‘lmasligi shart;
  • Sheʼriy asarlar, bolalarga bagʻishlangan ishlar qabul qilinmaydi;
  • Ishning sarlavhasi, muallifning ismi va taxallusi, manzil, telefon raqam va elektron manzillari berilgan alohida sahifa ajratilishi lozim. Ijodiy ishlar anonim tarzda baholanadi, shuning uchun asar ichida muallif ismi berilishi mumkin emas.

Imtiyozlar va qulayliklar

Gʻoliblar quyidagicha taqdirlanadilar:

  • 1-oʻrin uchun $1,000
  • 2-oʻrin uchun $750
  • 3-oʻrin uchun $500

Qolaversa, yil yakunida har 4 mavsum gʻoliblari ichidan eng yaxshi asar muallifi qoʻshimcha Grand Prize - $5000 mukofot puli bilan taqdirlanadi.

Topshirish jarayoni

Ijodiy ishlar elektron tarzda va pochta orqali qabul qilinadi. Elektron ishlar bilan qatnashish uchun ishtirokchilar avval onlayn roʻyxatdan oʻtishi va ushbu havola orqali ariza topshirishlari kerak. Batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Qogʻoz variantdagi ishlar ushbu manzilga pochta orqali joʻnatilishi lozim:

L. Ron Hubbardʼs Writers of the Future Contest
7051 Hollywood Blvd., Los Angeles, California 90028

Qo'shimcha ma'lumot

Tanlov gʻoliblari oʻzlari tomonidan berilgan telefon raqam yoki elektron manzil orqali ogohlantiriladi. 

Qoʻshimcha savol va murojaatlar uchun ushbu havolaga kirish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

AQSh Havaskor yozuvchilar uchun $5000 gacha mukofot puli yutib olish imkoniyatini beruvchi Writers of the Future tanlovi
30 Mar, 2026
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.