Ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borayotgan barcha ayol-qizlarga “PhD sari qadam” lоyihasining 3-mavsumi uchun grant dasturi
O‘zbekiston O‘zbekiston
20 Fev, 2025 · Muddat tugagan

Ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borayotgan barcha ayol-qizlarga “PhD sari qadam” lоyihasining 3-mavsumi uchun grant dasturi

Kurslar Bepul ishtirok

Tavsif

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borayotgan yosh xotin-qizlarning malakasini oshirishga qaratilgan “PhD sari qadam” mavzusidagi o‘quv-kursi yo'lga qo'yilmoqda. O‘quv-seminar tashkil etilishidan maqsad iqtidorli va ilmiy tadqiqot ishlari bilan yuqori natijalarga erishayotgan xotin-qizlar faoliyatini rivojlantirish hamda ularning faoliyat jarayonida egallagan bilim, ko‘nikma, malakalarini yanada mustahkamlash.

O‘quv kursi davomida yosh tadqiqotchilar quyidagi yo‘nalishlarda bilim, ko‘nikma, malakalari oshiradilar:

1. IMRAD uslubida ilmiy maqola yozish ko‘nikmalarini shakllantirish;

2. Ishni reja tuzish, ilmiy tadqiqot ishi asosnomasini shakllantirish tartibini o‘rganish;

3. Ilmiy adabiyotlar bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;

4. Ilmiy bazalarda o‘z ishini targ‘ib qilish;

5. Xalqaro va mahalliy ilmiy loyihalarni yozish mexanizmini tadqiq qilish;

6. Xorijiy va mahalliy ilmiy adabiyotlar bazasidan to‘g‘ri foydalana olish, iqtibos keltirishning ilmiy shakllarini o‘rganish;

7. Phd, DSc dissertatsiyalarini yozishdagi xatoliklarni tahlil qilish.

O‘quv kursida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar orasidan eng kuchli 30 nafar tadqiqotchi suhbat asosida saralab olinadi. Saralab olingan nomzodlar bilan 2 oy davomida haftasida 2 martadan o‘quv mashg‘ulotlari olib boriladi.

Mashg‘ulotlar davomida o‘quv kursi ishtirokchilarining amaliy faoliyat natijalari, yutuqlari, xalqaro Scopus hamda OAK tasarrufidagi ilmiy, mahalliy hamda xalqaro jurnallarda nashrga berilayotgan maqolalari haqida ma’lumotlar kursning natijaviyligi sifatida yoritilib boriladi.

Kurs yakunida soha mutaxassislari bilan birgalikda tadqiqotchilarning ilmiy faoliyati taqdimoti amalga oshiriladi. 

Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil ma'lumot olish mumkin. 

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Hozirgi kunda ilmiy faoliyat olib borayotgan hamda magistraturani tamomlagan barcha ayol-qizlar qatnashishi mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  1. IMRAD uslubida ilmiy maqola yozish ko‘nikmalarini shakllantirish;
  2. Ishni reja tuzish, ilmiy tadqiqot ishi asosnomasini shakllantirish tartibini o‘rganish;
  3. Ilmiy adabiyotlar bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;
  4. Ilmiy bazalarda o‘z ishini targ‘ib qilish;
  5. Xalqaro va mahalliy ilmiy loyihalarni yozish mexanizmini tadqiq qilish;
  6. Xorijiy va mahalliy ilmiy adabiyotlar bazasidan to‘g‘ri foydalana olish, iqtibos keltirishning ilmiy shakllarini o‘rganish;
  7. Phd, DSc dissertatsiyalarini yozishdagi xatoliklarni tahlil qilish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Topshirish jarayoni

Ushbu havola orqali ariza to'ldirish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Kurslar

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Jins

    Ayol

O‘zbekiston Ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borayotgan barcha ayol-qizlarga “PhD sari qadam” lоyihasining 3-mavsumi uchun grant dasturi
20 Fev, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.