Imkoniyati cheklangan bo‘lsa ham, katta yutuqlarga erishganlar uchun “Ziyolilar 4 – Inson” loyihasi
O‘zbekiston O‘zbekiston
19 May, 2025 · Muddat tugagan

Imkoniyati cheklangan bo‘lsa ham, katta yutuqlarga erishganlar uchun “Ziyolilar 4 – Inson” loyihasi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Ziyolilar Inson — bu alohida ehtiyojli insonlar va inklyuziv loyihalar yaratuvchi tadbirkorlarga bagʻishlangan almanaxning maxsus soni. 

Tanlov qiyinchiliklarni yengib oʻtayotgan, jamiyatni oʻzgartirayotgan, ilm-fan, sanʼat, taʼlim va ijtimoiy tashabbuslarni rivojlantirayotgan, oʻz misolida ilhomlantiradigan insonlar haqida hikoya qiladi. Tanlovda ogʻir vaziyatlardan chiqib, oʻz irodasi bilan yenggan, nogiron boʻlsa ham, katta yutuqlarga erishib, boshqalarga ilhom bagʻishlagan, ijtimoiy va inkluziv loyihalarni amalga oshirayotgan tadbirkorlar ishtirok etishlari mumkin. 

Loyiha orqali taʼlim grantlari, netvorking, rivojlanish, ekspertlarga kirish imkoniyatlarini qoʻlga kiritish mumkin.

Dasturga qabul jarayoni 2025-yil 20-maygacha davom etadi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Tanlovda quyidagi nomzodlar ishtirok etishlari mumkin:

  • Og‘ir vaziyatlardan chiqib, o‘z irodasi bilan yengganlar;
  • Imkoniyati cheklangan/nogironligi bor bo‘lsa ham, katta yutuqlarga erishib, boshqalarga ilhom bag‘ishlaganlar;
  • Ijtimoiy va inkluziv loyihalarni amalga oshirayotgan tadbirkorlar.

Imtiyozlar va qulayliklar

Loyiha orqali quyidagi imkoniyatlarni qo‘lga kiritish mumkin:

  • Ta’lim grantlari;
  • Netvorking;
  • Rivojlanish;
  • Ekspertlarga kirish. 

Topshirish jarayoni

Dasturga qabul jarayoni 2025-yil 20-maygacha davom etadi. Dasturda qatnashish uchun bir necha savollarga javob berish va kerakli ariza shaklini to‘ldirish kifoya. 

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Imkoniyati cheklangan bo‘lsa ham, katta yutuqlarga erishganlar uchun “Ziyolilar 4 – Inson” loyihasi
19 May, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.