Tavsif
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tashabbusi bilan iqtidorli talaba-yoshlarni aniqlash va ularni munosib ragʻbatlantirish maqsadida Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi imkoniyati cheklangan talabalar oʻrtasida “Eng yaxshi talaba” tanlovini eʼlon qiladi.
Tanlov ikki bosqichda tashkil etiladi:
- birinchi oliy taʼlim muassasasi bosqichi;
- respublika final bosqichi.
Hujjatlar 2022-yil 25-oktyabrga qadar qabul qilinadi. Tanlovda ishtirok etish istagida boʻlgan yoshlar oʻzi taʼlim olayotgan fakultet rahbariyatiga murojaat etishlari mumkin.
Tanlov haqida batafsil tanlov nizomida oʻqish mumkin.