Tavsif
Indoneziya hukumati 2024-2025 oʻquv yiliga bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichi uchun xarajatlari toʻliq qoplanadigan KNB Scholarship grantini taqdim etadi. BIPA (indonez tili ona tili boʻlmaganlar uchun maxsus ishlab chiqilgan til oʻrganish dasturi) va akademik dasturda (bakalavriat, magistratura, doktorantura) oʻqiyotganlar uchun oʻqish toʻlovi qoplanadi.
Dasturning asosiy maqsadlari:
- Rivojlanayotgan mamlakatlarda inson resurslarini rivojlantirishga hissa qoʻshish;
- Madaniyatlararo oʻzaro tushunishni rivojlantirish va rivojlanayotgan mamlakatlar oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlash;
- Indoneziyadagi jahon darajasidagi universitetlar sonini koʻpaytirish boʻyicha milliy strategiyalarning bir qismi sifatida Indoneziya oliy taʼlim muassasalarining tadqiqot salohiyatini yaxshilash.
2024-yilda Indoneziya Respublikasi Taʼlim, Madaniyat, Tadqiqot va Texnologiya Vazirligi mamlakatdagi 31 ta universitet bilan hamkorlikda jami 222 ta grant berishni rejalashtirgan (bakalavriat uchun 30 ta, magistratura uchun 162 ta, doktorantura uchun 30 ta).
Nomzodlar quyidagi oliy taʼlim muassasalaridan biriga hujjat topshirishlari mumkin:
- Institut Pertanian Bogor;
- Institut Teknologi Bandung;
- Institut Teknologi Sepuluh Nopember;
- Politeknik Elektronika Negeri Surabaya;
- Universitas Airlangga;
- Universitas Atma Jaya Yogyakarta;
- Universitas Brawijaya;
- Universitas Diponegoro;
- Universitas Gadjah Mada;
- Universitas Hasanuddin;
- Universitas Indonesia;
- Universitas Islam Indonesia;
- Universitas Katolik Parahyangan;
- Universitas Muhammadiyah Malang;
- Universitas Muhammadiyah Surakarta;
- Universitas Negeri Malang;
- Universitas Negeri Semarang;
- Universitas Negeri Surabaya;
- Universitas Negeri Yogyakarta;
- Universitas Padjadjaran;
- Universitas Pendidikan Indonesia;
- Universitas Sebelas Maret;
- Universitas Telkom;
- Universitas Syiah Kuala;
- Universitas Dian Nuswantoro;
- Universitas Sanata Dharma;
- Universitas Wijaya Kusuma Surabaya;
- Universitas Sumatera Utara;
- Universitas Lampung;
- Universitas Negeri Jakarta;
- Universitas Jenderal Soedirman.
Maʼlumot uchun: KNB Scholarship (Kemitraan Negara Berkembang Scholarship) Indoneziya hukumati tomonidan rivojlanayotgan mamlakatlardan kelgan xalqaro talabalarga Indoneziyadagi universitetlardan birida oʻz darajasini (bakalavr, magistr yoki doktorlik darajasi) olish uchun taqdim etiladigan moliyaviy yordamdir. Dastur Indoneziyaning eng yaxshi universitetlarida oʻqish va shu bilan birga dunyodagi eng xilma-xil millatdan iborat jamiyatlardan birida yashash imkoniyatini taklif etadi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.