Tavsif
The Future Leaders Assembly Turkey 2026 dasturi bu 2026-yil 25-28-fevral kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadigan uchrashuv bo‘lib, ushbu dastur butun dunyo bo‘ylab yosh yetakchilar, siyosatchilar, tadbirkorlar, faollar, o‘qituvchilar va talabalarni o‘z ichiga olgan faol ishtirokchilar guruhini birlashtirishga qaratilgan. Konferensiya doirasida quyidagi masalalarga urg‘u beriladi:
- Youth Empowerment (Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash);
- Fostering Innovation (Innovatsiyani rivojlantirish);
- Building Global Networks (Global aloqalarni shakllantirish);
- Promoting Sustainable Development (Barqaror rivojlanishni rag‘batlantirish).
Konferensiyada uch kategoriya bo‘yicha ishtirok etish mumkin:
- Fully Funded Application (Xarajatlari to‘liq qoplanadi -20 o‘rin);
- Self-Funded Application (Xarajatlari qoplanmaydi - 50 o‘rin);
- Partial Funded Application (Xarajatlari qisman qoplanadi - 30 o‘rin).
Dasturga arizalar 2025-yil 15-dekabrgacha qabul qilinadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali to‘liq ma’lumot olish mumkin.