Ingliz tili o‘qituvchilari uchun Ibrat tillar oromgohida dars berish imkoniyati.  Barcha xarajatlari toʻliq moliyalashtiriladi!
O‘zbekiston O‘zbekiston
14 Apr, 2022 · Muddat tugagan

Ingliz tili o‘qituvchilari uchun Ibrat tillar oromgohida dars berish imkoniyati. Barcha xarajatlari toʻliq moliyalashtiriladi!

Yozgi maktab To'liq moliyalash

Tavsif

Ibrat tillar oromgohi 20 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan ingliz tili oʻqituvchilar uchun vakansiya eʼlon qildi. Nomzodlar kamida 2 yillik tajribaga ega, IELTS 7+ va/yoki TESOL, CELTA sertifikatiga ega boʻlishlari soʻraladi.

Ishtirokchilarning barcha xarajatlari: oziq-ovqat, turar-joy, tibbiy koʻrik va boshqa xarajatlari oromgoh tomonidan toʻliq moliyalashtiriladi.

Batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Qatnashish istagida bo'lganlar quyidagi talablarga javob berishlari lozim:

  • 20-30 yoshdagi 2 yillik pedagogik ish tajribaga ega ingliz tili oʻqituvchilari qatnashishlari mumkin;
  • IELTS 7+ va/ (TESOL, CELTA) sertifikatlaridan biri talab etiladi;
  • Rus, oʻzbek, ingliz tillarida erkin muloqot qila olishi;
  • Moslashuvchan, ochiq fikrli bo‘lishi, shuningdek, oʻzaro ishlash, yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirishga qiziqadigan boʻlishi.

Imtiyozlar va qulayliklar

Ishtirokchilarga oromgoh tomonidan quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:

  • Qo'shimcha haftalik ish haqi;
  • Turar-joy va mazali oziq-ovqat; 
  • Jamoa bilan ishlash, shaxsiy rivojlanish, sport bilan shugʻullanish uchun zarur sharoitlar;
  • Ochiq tabiatda dam olish, shuningdek, doʻstona muhit, bepul tibbiy ko'rik;
  • Oromgoh oxirida faol qatnashganlar ragʻbatlantiriladi.

Topshirish jarayoni

Ishtirok etish istagida boʻlganlar CV larini @asrorov22 manziliga yuborishlari soʻraladi.

Qo'shimcha ma'lumot

Qoʻshimcha maʼlumotlarni IBRAT tillar oromgohining telegram kanalidan olish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Yozgi maktab

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Soha

    Taʼlim va tarbiya

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 20, Max: 30

  • Jins

    Erkak, Ayol

  • IELTS talabi

    Min: 7

O‘zbekiston Ingliz tili o‘qituvchilari uchun Ibrat tillar oromgohida dars berish imkoniyati. Barcha xarajatlari toʻliq moliyalashtiriladi!
14 Apr, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.