Tavsif
OPEN dasturi 8 haftalik malaka oshirish kurslar toʻplami boʻlib, AQShning yetakchi universitetlari tomonidan ingliz tilini oʻqitish vositasi sifatida (EMI) TESOL metodologiyasi, oʻqituvchilar uchun malaka oshirish va tanqidiy fikrlashni sinfga integratsiya qilish kabi mavzularni qamrab oladi.
Quyidagi kurs yoʻnalishlaridan biri boʻyicha tajribaga ega professional ingliz tili oʻqituvchilari, malaka oshirish mutaxassislari, dastur maʼmurlari ishtirok etishlari mumkin.
Kursda quyidagi yoʻnalishlardan biri boʻyicha oʻqish mumkin:
- Akademik yozuvni rivojlantirish va oʻrgatish (Iova Shtati Universiteti tomonidan oʻtiladi).
- Onlayn kurslarni tashkil etish va boshqarish (Arizona Shtati universiteti).
- Talabalarning motivatsiyasi va faolligini oshirish (Oregon Universiteti tomonidan oʻtiladi).
- Ingliz tili taʼlim vositasi sifatida (Ohio Universiteti tomonidan oʻtiladi).
- Kontentga asoslangan instruksiya (dunyoning top oʻqishlaridan biri boʻlgan SIT Graduate Institute tomonidan olib boriladi).
- Yosh oʻquvchilarga ingliz tilini oʻrgatish (Jorj Mason Universiteti tomonidan oʻtiladi).
- Oʻqituvchilar uchun malaka oshirish (Arizona Universiteti tomonidan oʻtiladi).
- TESOL metodologiyasi (Marilend Baltimor mamlakatlari Universiteti tomonidan oʻtiladi).
- EFL muhitida madaniyatni oʻrganishda tanqidiy fikrlash koʻnikmalarini integratsiya qilish (dunyoning top oʻqishlaridan biri boʻlgan SIT Graduate Institute tomonidan olib boriladi).
Kursning boshlanish vaqti: 2023-yil 11-iyul.
Kurs uchun oriyentatsiya olish muddatlari: 5-iyundan 30-iyunga qadar.
Dastur bilan, qolaversa, yuqoridagi yoʻnalishlar qamrab oladigan darslar mazmuni bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.