Tavsif
Nobel internship Program dasturi kelajak uchun zarur boʻlgan toʻrt asosiy kursni bepul oʻrganish imkoniyatini taqdim etadi. Dasturning maqsadi — barcha uchun teng taʼlim va rivojlanish imkoniyatlarini yaratishdir.
Ushbu dasturda oʻzining kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirmoqchi boʻlgan, ingliz tili darajasini oshirishni xohlaydigan 13 yoshdan katta barcha shaxslar ishtirok etishi mumkin.
Dastur davomida quyidagi 4 ta fundamental kurslarni bepul onlayn oʻqish mumkin:
- “Leadership 1.0” kursi — samarali yetakchilik, jamoada ishlash va strategik qarorlar qabul qilish koʻnikmalarini rivojlantiradi;
- “Introduction to Web Design” kursi — chiroyli va funksional veb-saytlar yaratishni oʻrgatadi;
- “Pitch and Presentation” kursi — notiqlik mahoratini rivojlantiradi, ishonchli taqdimotlar yaratish va gʻoyalarni samarali taqdim etishni oʻrgatadi;
- “Basics of Internet Troubleshooting and Communication” kursi — tarmoq ishlash mexanizmi, onlayn videolar tashkil qilish, tarmoqdagi asosiy muammolarni tushunishga yordam beradi va ularni samarali hal qilishni oʻrgatadi.
Darslar ingliz tilida olib boriladi.
Dasturni muvaffaqiyatli tugatgan barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadilar.
Dasturda 2 turdan birini tanlab qatnashish mumkin: Weekday va Weekend.
Weekday dasturida darslar haftada 4 kun 2 soatdan davom etadi. Dasturning ushbu turi uchun ariza topshirishning soʻnggi muddati — 26-yanvar 2026-yil.
Weekend dasturida darslar haftada 2 kun 2 soatdan boʻladi. Ariza topshirishning soʻnggi muddati — 7-fevral 2026-yil.
Nobel internship Program dasturida oʻtiladigan kurslar haqida batafsil maʼlumotni ushbu havola orqali olish mumkin.