Tavsif
Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi “Yashil tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash” jamgʻarmasi yoshlar uchun 3 ta mega tanlov eʼlon qiladi:
- “Yashil innovatsiyalar” tanlovi — innovatsion gʻoya va texnik yechimlar uchun (14–18 va 19–30 yosh toifasida).
- “Ekologik ijtimoiy loyihalar” tanlovi — ekologiya va atrof-muhit muhofazasi yoʻnalishidagi eko-faollar uchun.
- “Yashil tashabbuslar stipendiyasi” tanlovi — ekologiya va qishloq xoʻjaligi yoʻnalishlarida magistratura va doktorantura bosqichida tahsil olayotgan tadqiqotchilar uchun.
Tanlovlarni amalga oshirishdan asosiy maqsadlar:
- “Yashil innovatsiyalar tanlovi” bu ekologik muammolarni samarali hal qilishga qaratilgan innovatsion gʻoyalar va texnik ishlanmalarni ishlab chiqadigan iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning intellektual salohiyatini amalga oshirish va istiqbolli loyihalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan tanlov.
- “Ekologik ijtimoiy loyihalar” tanlovi bu jamiyatga foydali ekologik loyihalar uchun ochiq tanlov. Ekologik ilm va amaliyotni rivojlantirish, xalqaro standartlarga muvofiq ekologik taʼlim berish, hamda zamonaviy ekologik tadqiqotlar oʻtkazish uchun grant dasturi.
- “Yashil tashabbuslar stipendiyasi” tanlovi bu ekologik ilmiy izlanishlarni amalga oshirish va ularga haq toʻlash uchun moliyaviy yordam. Stipendiya ekologik muammolarni oʻrganish, tadqiq qilish va amaliy yechimlar ishlab chiqish uchun moʻljallangan.
Arizalar 2026-yil 20-yanvardan 20-fevralgacha qabul qilinadi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.