Innovatsion gʻoyaga ega barcha uchun sovrin jamgʻarmasi 300 million soʻmlik BRB FinTech Hackcelerator tanlovi
O‘zbekiston O‘zbekiston
30 Iyl, 2024 · Muddat tugagan

Innovatsion gʻoyaga ega barcha uchun sovrin jamgʻarmasi 300 million soʻmlik BRB FinTech Hackcelerator tanlovi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Biznesni rivojlantirish banki innovatsiyalarni yaratish va ularni rivojlantirish boʻyicha yangi gʻoyalarga ega yoshlar uchun “BRB Fintech Hackcelerator” tanlovini taqdim etadi. Tanlovda maksimal 35 tagacha jamoa ishtirok etishi rejalashtirilgan. Saralash onlayn tarzda bank va uning hamkorlari tomonidan oʻtkaziladi.

Dastur bir oy davom etadi hamda ushbu vaqt davomida ishtirokchilar moliyaviy texnologiyalar sohasidagi yetakchi mutaxassislar rahbarligida/mentorligida loyihalar ustida ishlash boʻyicha noyob tajribaga ega boʻlishadi va eng yaxshi loyiha egalari pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Dasturda qatnashchilarning malakasini oshirishga va muvaffaqiyatli fintech yechimlarni ishlab chiqishga yordam beradigan bootcamp va master-klasslar oʻtiladi, tajribali ustozlar tomonidan yangi gʻoyalarni yaratish, qiyinchiliklarni yengish va muvaffaqiyatga erishishga yordam beriladi. Shuningdek, muvaffaqiyat yoʻlida ishtirokchilarga yordam beradigan fikrdosh insonlar, hamkorlar va investorlarni topish imkoniyati mavjud.

Dasturdan asosiy maqsad innovatsiyalarni ragʻbatlantirish, isteʼdodlarni qidirish va MVP ega boʻlishdan iborat.

Tanlov quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

  • Roʻyxatdan oʻtish (iyul);
  • Vazifalar taqdimoti va jamoalar aniqlanishi (iyul);
  • Jamoaviy ish / Butkemplar (avgust);
  • Demo kuni va taqdirlash marosimi (sentyabr).

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali qoʻshimcha maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Dasturga qiziqqan barcha 3-6 kishidan iborat jamoa tashkil qilgan holda qatnashishi mumkin;
  • Ishtirokchilar moliyaviy texnologiyalar sohasidagi dolzarb vazifalarni hal qilishga qaratilgan innovatsion gʻoya taklif qilishlari lozim;
  • Jamoa aʼzolari 2024-yilning 30-iyulidan 30-avgustigacha mavjud boʻlishlari kerak;
  • Jamoalar tarkibi quyidagicha shakllantirilishi lozim:
    • Kapitan — Loyiha boshqaruvchisi (Project Manager);
    • Tahlilchi (Analyst);
    • Dizayner (Designer);
    • Dasturchilar (Developers).

Muhim: Jamoa aʼzolari bir nechta jamoada boʻlishlari va roʻyxatdan oʻtgandan soʻng jamoa tarkibini oʻzgartirish mumkin emas.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dastur gʻoliblariga jami 300 million soʻmlik mukofot puli ajratiladi:

  • 1-oʻrin uchun 150 mln soʻm;
  • 2-oʻrin uchun 100 mln soʻm;
  • 3-oʻrin uchun 50 mln soʻm.

Topshirish jarayoni

Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.

Hujjat topshirishda quyidagilar soʻraladi:

  • Motivatsion video (ixtiyoriy);
  • Jamoa nomi va jamoa aʼzolari soni;
  • Har bir jamoa aʼzosining toʻliq ismi, vazifasi va ularning shaxsiy maʼlumotlari.

Ariza topshirish yakunida nomzodlar ommaviy oferta shartlariga rozilik bildirishlari kerak.

Eslatma: Arizalarni oʻzbek, ingliz va rus tillarida topshirish mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

  • Dasturga hujjat topshirish uchun oxirgi muddat: 31-iyul, 2024-yil;
  • Tel: +998 20 012 90 24/+998 78 150 93 39;
  • Tanlov haqida qoʻshimcha savollar bilan Telegram orqali murojaat qilish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili, Rus tili, O'zbek tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Innovatsion gʻoyaga ega barcha uchun sovrin jamgʻarmasi 300 million soʻmlik BRB FinTech Hackcelerator tanlovi
30 Iyl, 2024
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.