Tavsif
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi innovatsion gʻoyalarga ega yosh ixtirochi va dasturchilar uchun TechGenius xakatonini taqdim etadi. Dastur doirasida turli nominatsiyalar boʻyicha elektron gadjet va esdalik sovgʻalari berilishi rejalashtirilgan.
Xakatonning asosiy maqsadi uy va ofislarda energiya sarfini optimallashtirish uchun dastur ishlab chiqish, qishloq xoʻjaligi yoʻnalishida ekin kasalliklarining rivojlanish darajasini oldindan aniqlashtiruvchi dastur ishlab chiqish, tadqiqotlarni rivojlantirish va gʻoyalarni muhokama qilish uchun olimlarning hamkorlik platformasini ishlab chiqishdan iboratdir.
Ushbu xakaton oflayn shaklda, joriy yilning 10-12-noyabr kunlari boʻlib oʻtadi. Shuningdek, xakatonlarni tashkil etish, biznes-inkubatorlar va startap-akseleratorlarni ishga tushirish boʻyicha ishlab chiqilgan qoʻllanma va uslubiy materiallar loyihalari boʻyicha taqdimot 8-noyabr kuni oʻtkaziladi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.