Tavsif
Innovatsion hududlar kesimida hududning muammolari yechimiga qaratilgan startap loyihalar ochiq tanlovi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 133-son qarori bilan tasdiqlangan “Startap” loyihalarni tasdiqlash, moliyalashtirish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida” nizomda belgilangan talablarga muvofiq oʻtkaziladi.
Tanlovda ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatishga yoʻnaltirilgan keng koʻlamdagi biznes-loyihalarni yaratish va amalga oshirishga qaratilgan arizalar qabul qilinadi. Ular innovatsiyalar va texnologiyalarga asoslanishi shart.
Gʻolib deb topilgan startap loyihani amalga oshirish uchun agentlik tomonidan har bir innovatsion hudud uchun 2 mlrd soʻmgacha miqdorda mablagʻ ajratiladi.
Tanlov haqida batafsil maʼlumotni ushbu havola orqali olish mumkin.