Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar Akademiyasi tomonidan “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” ko'krak-nishoni tanlovi
O‘zbekiston O‘zbekiston
29 Apr, 2022 · Muddat tugagan

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar Akademiyasi tomonidan “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” ko'krak-nishoni tanlovi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Innovatsion gʻoya va texnologiyalarni rivojlantirish, amaliyotga tatbiq etishga munosib hissa qoʻshgan iqtidorli yoshlarni jalb qilish, ularning innovatsion faoliyatini ragʻbatlantirish va erishgan yutuqlarini munosib taqdirlash maqsadida Innovatsion rivojlanish vazirligi “InnoWeek 2022” doirasida yurtimizdagi yosh olimlar, talabalar, tashabbuskor fuqarolarni “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun tanlovni ochiq deb e'lon qiladi.

Tanlovda qatnashish uchun berilgan ariza shakllarini to'ldirib, 30-aprelga qadar tashabbuskor fuqarolar tuman (shahar) hokimliklariga yoki oliy taʼlim muassasalarida tuzilgan komissiyaga (talabalar va yosh olimlar uchun) qadar taqdim etishlari lozim.

Tanlov bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Tanlovda innovatsion g'oyaga ega barcha: talabalar, yosh olimlar, ijtimoiy faol fuqarolar qatnashishi mumkin. 

Imtiyozlar va qulayliklar

  • G'oliblar “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanadilar.

Topshirish jarayoni

Tanlovning 1-bosqichi uchun loyiha va uning muallifi toʻg’risidagi ma’lumotlar:
- Tashabbuskor fuqarolar tuman (shahar) hokimliklarida;
- Talabalar va yosh olimlar esa oliy taʼlim muassasalarida tuzilgan komissiyaga 30-aprelga qadar taqdim etishlari lozim.

Taqdim etiladigan hujjatlar:

A) Fotosurat (elektron, 9×12 oʻlchamda, orqa fon oq rangda, jpg/jpeg formatda).

B) Shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport/ID karta rangli nusʼhada, pdf formatida).

V) Keltirilgan shakldagi ariza (ishtirokchi tomonidan tasdiqlangan, pdf formatida).

G) Tegishli shakldagi nomzod maʼlumotnomasi (doc yoki docx formatida).

D Tavsifnomasi (doc yoki docx hamda tasdiqlangan pdf formatida).

E) Ilm-fan va innovatsiyalar sohasida erishgan yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatlar (patent, sertifikatlar, maqtov yorliqlar va boshqalar, barchasi bir pdf hujjatda jamlangan holda).

J) Tavsiyanomalar (tasdiqlangan pdf formatida)(agar mavjud boʻlsa).

Z) Keltirilgan shakldagi ilm-fan va innovatsiyalar sohasida amalga oshirish rejalashtirilgan yangi loyiha. Bunda ishtirokchi tomonidan oʻzining ilmiy, amaliy, innovatsion, fundamental yoki startap loyihasi taqdim etiladi.

Eslatma: Taqdim etilgan xujjatlarning toʻgʻriligiga va haqqoniyligiga arizachining shaxsan oʻzi javobgan hisoblanadi.

Qo'shimcha ma'lumot

Batafsil maʼlumot uchun:
+998 71 203 32 23 (Ichki raqam – 233)

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar Akademiyasi tomonidan “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” ko'krak-nishoni tanlovi
29 Apr, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.