Loyihaga baho berishda quyidagilar hisobga olinadi:
- Loyihaning innovatsionligi – respublikada avval qoʻllanilmagan yangi texnologiyalar va (yoki) jarayonni tashkillashtirish tamoyillaridan foydalanish darajasi, bunda loyiha respublikada avval ishlab chiqarilmagan yangi mahsulot (intellektual mulk obyekti mavjud boʻlganda) ishlab chiqarish, yangi xizmat turini yaratishni koʻzda tutadi;
- Loyihaning texnik jihatdan mukammalligi, shu jumladan yakunlanganlik darajasi;
- Ilmiy-texnik hujjatlarning jamlanmasi – sinov dalolatnomalari, mahsulot namunasining mavjudligi (patent, koʻzda tutiladigan mahsulot (texnologiya)ning texnik reglamenti boʻlishi maʼqullanadi);
- Loyihaning mutaxassislar bilan taʼminlanish, ilmiy-texnik
va ishlab chiqarish imkoniyatlari – jamoaning malakali mutaxassislardan shakllantirilganligi, kerakli asbob-uskunalar va ilmiy obyektlar infratuzilmalarining mavjudligi; - Loyihaning investitsion jozibadorligi bu – qoʻshimcha foyda keltirib, kiritilgan mablagʻlar tavakkalchiligini kamaytiradigan qulay investitsion
va innovatsion shart-sharoitlar majmuidir. Loyihaning investitsion jozibadorligi uning mamlakat taraqqiyotining uzoq muddatli istiqbollariga muvofiqligi, loyihaning qiymati, tavakkalchiliklarning hisobga olinishi, oʻzini oʻzi qoplashi va rentabelligi bilan belgilanadi; - Loyihaning oʻzini oʻzi qoplashi (muddat);
- Loyihani moliyaviy rejalashtirish – Loyiha moliyaviy taʼminotining rejalashtirilayotgan ishlarga muvofiqligi va xarajatlar smetasining asoslanganligidir;
- Marketing rejasi – loyihani amalga oshirish strategiyasi, bozor hajmi, maqsadli auditoriya, aloqalar/sotuvlarning asosiy kanallari, raqobat muhiti va h.k.
- Loyihani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar – ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish, amalga oshiriladigan tadbirlarni bajarish sifati va muddatlari, import oʻrnini bosuvchi
va eksportga yoʻnaltirilgan ilmiy asos talab qiladigan mahsulot ishlab chiqarishni tashkillashtirish; - Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining tanlov gʻoliblari borasidagi qarori qatʼiy va qayta koʻrib chiqilmaydi.
Taqdim etilgan loyihalar tanlov talablariga qatʼiy rioya qilinganligi, loyiha materiallarining ishonchliligi va haqqoniyligi, koʻchirmachilikka (plagiat) yoʻl qoʻyilmaganligi, talablar asosida shakllantirilganligi, shuningdek startap loyiha yakunida qoʻlga kiritiladigan muhim natijalarning tadqiqot dizayniga muvofiq toʻliq asoslanganligi va soʻralgan mablagʻlarning tanlov shartlarida keltirilgan moliyalashtirish hajmiga muvofiq toʻgʻri hisob-kitob qilinganligi boʻyicha dastlabki texnik ekspertizadan oʻtkaziladi. Dastlabki texnik ekspertizadan oʻtmagan loyihalar tanlovning keyingi bosqichiga tavsiya etilmaydi!
Quyidagi hollarda taqdim etilgan loyihalar tanlovda ishtirok etish uchun tavsiya etilmasligi mumkin:
- Startap loyiha mazmunan innovatsion xususiyatga ega emasligi;
- Startap loyihaning maqsad va vazifalari yoritib berilmaganligi;
- Startap loyihada taqdim etilgan muammoning yechimi mavjud emasligi;
- Tanlovga taqdim etilgan startap loyihalar avvalgi tanlovlarda gʻolib boʻlmaganligi;
- Oylik ish haqi loyiha qiymatining umumiy miqdori beshdan bir qismidan ortiq boʻlsa;
- Startap-loyihalarni amalga oshirish uchun ajratilgan mablagʻni binolarni rekonstruksiya qilish va taʼmirlash-qurilish ishlariga, shuningdek avtotransport vositalarini xarid qilishga sarflansa.
Taqdim etilgan startap loyihalardagi maʼlumotlarning haqqoniyligi
va ishonchliligi hamda tanlov gʻoliblari tomonidan startap loyihalarning natijadorligi, tanlov dasturlari vazifalarida belgilangan, kutilayotgan natijalarni toʻla va oʻz vaqtida sifatli bajarilishiga startap loyiha rahbarlari, mazkur loyihani bajaruvchi tashkilot rahbarlari va tegishli yuqori turuvchi tashkilotlarning masʼul xodimlari javobgar hisoblanadilar.
Tanlov natijalari boʻyicha barcha yangiliklar bilan Vazirlik sayti orqali tanishish mumkin.
Startap loyihalarni elektron roʻyxatdan oʻtkazish bilan bogʻliq texnik masalalar boʻyicha Innovatsion rivojlanish vazirligining texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash xizmati:
998-71-203-32-23 (ichki raqam: 216)