Tavsif
Innovatsion rivojlanish vazirligi Jizzax viloyatida joylashgan oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining yosh olimlarini qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish yuzasidan maqsadli tanlov eʼlon qildi.
Nomzodlar 2022- yilning 18- mart sanasiga qadar stajirovka o'tashga tavsiya qilinishlari to'g'risidagi ma'lumot (hujjat)larni 1-ilova va 2- ilovaga muvofiq taqdim etishlari so'raladi.
Nomzodlar toʻgʻrisidagi maʼlumot (hujjat)lar oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222-son qarori bilan tasdiqlangan “Yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan holda Vazirlikning info@mininnovation.uz elektron manziliga yuboriladi.
Shuningdek, Nizomning 5 — bandiga asosan stajirovka oʻtashga tavsiya etilayotgan nomzodlarni mutaxassislik fanidan chet tilida suhbat oʻtkazish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha bilim darajasi va koʻnikmalarini aniqlash yuzasidan dastlabki saralash tanlovini oʻtkazish bevosita buyurtmachilar tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.