Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻz loyihasiga ega boʻlgan barcha faollar uchun “Inno tashabbus” tanlovi. Bosh mukofot — 50 million soʻm

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻz loyihasiga ega boʻlgan barcha faollar uchun “Inno tashabbus” tanlovi. Bosh mukofot — 50 million soʻm

  • 10/08/2022 Qabul boshlanishi
  • Mukofot Moliyalash turi
  • Oʻzbekiston Davlat
  • 01.09.2022 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Maktab o'quvchilari (yuqori sinflar), O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi), Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    Ingliz tili, Rus tili, O'zbek tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻz loyihasiga ega yoshlar uchun “Inno tashabbus” tanlovi eʼlon qilindi. 

“Inno tashabbus” tanlovining maqsadi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi, yoshi va jinsidan qatʼi nazar, innovatsion faoliyat bilan shugʻullanish istagida boʻlgan va oʻzining ilmiy isbotlangan yoki tayyor prototip holiga keltirilgan innovatsion ishlanmasiga ega boʻlgan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlashdan iborat.

“Inno tashabbus” tanlovi Vazirlik tomonidan 2 bosqichda tartibda tashkil qilinadi:

  • Hududiy bosqich;
  • Respublika bosqichi.

Tanlov gʻoliblari oʻz gʻoyalarni amalga oshirish jarayonini monitoring qilish Vazirlik tomonidan amalga oshiriladi.

Maqbullik shartlari

Tanlov shartlari quyidagicha:

  • Tanlovda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi, yoshi va jinsidan qatʼi nazar, innovatsion faoliyat bilan shugʻullanish istagida boʻlgan barcha ishtirok etishi mumkin;
  • Ishtirokchilar oʻzining ilmiy isbotlangan yoki tayyor prototip holiga keltirilgan innovatsion ishlanmasiga ega boʻlishi lozim;
  • Bir kalendar yili davomida eʼlon qilingan tanlov doirasida gʻolib deb topilgan talabgorlar shu davr ichida navbatdagi tanlovlarda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Tanlovda ishtirok etish uchun taqdim qilinayotgan loyihada quyidagilar nazarda tutilgan boʻlishi lozim:

  • Gʻoya yoki ishlanmaning dolzarbligi;
  • Gʻoya yoki ishlanmaning obyekti, predmeti, maqsad va vazifalari, kutilayotgan ilmiy, iqtisodiy yoki ijtimoiy natijalar;
  • Hududiy boshqarmalar tomonidan Vazirlik nomiga taqdim etilgan kuzatuv xati.

Tanlov shartlari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Foydali tomonlari

  • Tanlov gʻoliblari 10 million soʻmdan 50 million soʻmgacha ragʻbatlantiriladi.

Batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Hujjat topshirish

Tanlovga hujjatlar tanlov@innotashabbus.uz elektron pochtasi orqali qabul qilinadi. 

Kerakli hujjatlar:

  • Ariza;
  • Arizachining shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi va talablarga muvofiq taqdim etilgan maʼlumotnoma (obyektivka);
  • Gʻoyaning mazmuni yoki innovatsion ishlanmaning xususiyatlari toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot;
  • Gʻoya yoki innovatsion ishlanma taqdimoti;
  • Davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari, yirik korxonalar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan gʻoya qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tavsiyanoma (agar mavjud boʻlsa);
  • Gʻoya yoki innovatsion ishlanma boʻyicha video rolik (agar mavjud boʻlsa);
  • Gʻoya boʻyicha olingan patent toʻgʻrisida maʼlumotnoma (sertifikatlar, maqtov yorliqlar va h.k) (agar mavjud boʻlsa);
  • Taklif etilayotgan innovatsion gʻoya prototipi (agar mavjud boʻlsa).

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Tanlov bosqichlari oʻtkazilish tartibi. Hududiy bosqichda kiritilgan gʻoyalar boʻyicha hujjatlar toʻliq taqdim etilganligi va rasmiylashtirilganligi hududiy boshqarmalar tomonidan koʻrib chiqiladi (texnik ekspertizadan oʻtkaziladi). Hududiy boshqarmalar zarur holatlarda, taqdim etilgan gʻoyalar boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlar, taqdimotlar talab etishi va gʻoyalarni oʻrganishda tegishli mutaxassislarni jalb qilishi mumkin.

Tanlov doirasida talabgor tomonidan taqdim qilingan gʻoyalarda kamchilik mavjud boʻlgan taqdirda, talabgorga takomillashtirish uchun qaytariladi. Talabgor gʻoyani bir oy muddat ichida takomillashtirilgan holda qayta taqdim etadi. Bir oydan kech taqdim etilgan gʻoyalar qabul qilinmaydi.

Hududiy bosqich natijalari boʻyicha tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etadigan talabgorlar toʻgʻrisida yigʻma roʻyxat shakllantirilib, Respublika bosqichida ishtirok etishi uchun Tanlov komissiyasiga taqdim qilinadi.

Respublika bosqichida talabgorlar oʻz gʻoyalarini Tanlov komissiyasi oldida taqdimot (prezentatsiya) koʻrinishida himoyasini oʻtkazadilar.

Respublika bosqichi davrida taqdimot himoyasida uzrli sabablarsiz ishtirok etmagan talabgorlarning gʻoyasi yoki ishlanmasi Tanlov komissiyasining qaroriga asosan rad etilishi mumkin.

Taqdimot himoyasida talabgorlar gʻoyani qisqa, loʻnda va asoslangan holda ochib berishi hamda puxta tayyorgarlik koʻrgan holda ishtirok etishlari talab etiladi.

Eslatma: Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining tanlov natijalari borasidagi qarori qatʼiy va qayta koʻrib chiqilmaydi!

Tanlov nizomi bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Oʻzbekiston
Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻz loyihasiga ega boʻlgan barcha faollar uchun “Inno tashabbus” tanlovi. Bosh mukofot — 50 million soʻm

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar