Tavsif
O'zbekiston Respublikasi Innovatsion Rivojlanish vazirligi “Bo'lajak olim” tanlovi doirasida innovatsion startap loyihalarni moddiy qo'llab quvvatlash dasturini e'lon qiladi.
“Boʻlajak olim” tanlovning asosiy maqsadi – iqtidorli va isteʼdodli yosh olimlarning innovatsion faoliyati natijalari va tashabbuslarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, ularning ilmiy izlanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish hamda salohiyatli yoshlarni ilm-fanga keng jalb etishdan iborat.
Mazkur tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 19-apreldagi 222-son qarorining 2-ilovasi “Boʻlajak olim” tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomida belgilangan talablarga muvofiq oʻtkaziladi.
Boʻlajak olim tanlovi doirasida yosh olimlarning:
- Ilmiy gʻoyalari ragʻbatlantiriladi;
- Ilmiy va startap loyihalari moliyalashtiriladi.