Innovatsion rivojlanish vazirligidan isteʼdodli yosh olimlarni qoʻllab-quvvatlash uchun “Boʻlajak olim” tanlovi
O‘zbekiston O‘zbekiston
20 Iyn, 2021 · Muddat tugagan

Innovatsion rivojlanish vazirligidan isteʼdodli yosh olimlarni qoʻllab-quvvatlash uchun “Boʻlajak olim” tanlovi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi “Boʻlajak olim” tanlovini eʼlon qiladi. Tanlovning asosiy maqsadi – isteʼdodli yosh olimlarning innovatsion faoliyati natijalari va tashabbuslarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, ularning ilmiy izlanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish hamda salohiyatli yoshlarni ilm-fanga keng jalb etishdan iborat.

Mazkur tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 19-apreldagi 222-son qarorining 2-ilovasi “Boʻlajak olim” tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomida belgilangan talablarga muvofiq oʻtkaziladi.

“Boʻlajak olim” tanlovi doirasida yosh olimlarning ilmiy gʻoyalari ragʻbatlantiriladi.

Ilmiy gʻoya – ilmiy dalil, muammo, faraz, nazariya kabi voqelikni aks ettirish shakllaridan biri boʻlib, fan taraqqiyotning samarasi, ilmiy kashfiyotlarning natijasi sifatida paydo boʻladigan, turli fan sohalarining asosiy tamoyillari, ustuvor qoidalari asosida ishlab chiqilgan loyiha.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Ilmiy gʻoyalarni ragʻbatlantirishga qoʻyiladigan shartlar:

  1. Talabgorlarning yoshi ularning ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qatʼiy nazar 40 yoshdan oshmasligi.
  2. 1 ta ishtirokchi 1 ta gʻoya bilan ishtirok etishi.
  3. Topshirilgan ilmiy gʻoyani amalga oshirish uchun talab etiladigan mablagʻ miqdori Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222-sonli Qarorining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomdagi hajmdan oshmasligi.
  4. Ilmiy gʻoyalar asosida maket va (yoki) prototip, dasturiy mahsulot, xizmatlar va ijtimoiy mahsulotlar yaratishning eng koʻp muddati bir yilgacha boʻlishi.

Imtiyozlar va qulayliklar

“Boʻlajak olim” tanlovning asosiy maqsadi – iqtidorli va isteʼdodli yosh olimlarning innovatsion faoliyati natijalari va tashabbuslarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, ularning ilmiy izlanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish hamda salohiyatli yoshlarni ilm-fanga keng jalb etishdan iborat.

Topshirish jarayoni

Vazirlik tomonidan taqdim etilgan shakllar asosida quyidagi hujjatlar www.yoshlarakademiyasi.uz veb-sahifasining tanlovlar rukniga yuklanishi lozim:

  1. Talabgorlarning fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi nusxasi, 3x4 sm oʻlchamdagi oq fondagi 2 dona rangli fotosurati (.jpeg).
  2. Ilmiy gʻoya matni. Bunda ilmiy gʻoyaning amalga oshirish mexanizmlari, muddati va dastlabki natijalari koʻrsatilgan boʻlishi lozim. Asl nusxasi skaner qilinib, pdf hamda word shaklida taqdim etiladi.
  3. Ilmiy gʻoyani amalga oshirish uchun talab etiladigan mablagʻ toʻgʻrisida maʼlumotnoma va xarajatlar smetasi.
  4. Ilmiy gʻoya taqdimoti. (5 slayddan oshmasligi, ilmiy gʻoya mazmuni toʻliq yoritilgani).

Qo'shimcha ma'lumot

Taqdim etilgan ilmiy gʻoyalar tanlov talablariga qatʼiy rioya qilinganligi, loyiha materiallarining ishonchliligi va haqqoniyligi, koʻchirmachilikka (plagiat) yoʻl qoʻyilmaganligi, belgilangan talablar asosida shakllantirilganligi boʻyicha dastlabki texnik ekspertizadan oʻtkaziladi.

Dastlabki texnik ekspertizadan oʻtmagan loyihalar tanlovning keyingi bosqichiga tavsiya etilmaydi.

Taqdim etilgan loyihalardagi maʼlumotlarning haqqoniyligi va ishonchliligi, tanlov dasturlari vazifalarida belgilangan, kutilayotgan natijalarni toʻla va oʻz vaqtida sifatli bajarilishiga ilmiy gʻoya hamda startap loyiha mualliflari shaxsan javobgar hisoblanadi.

www.yoshlarakademiyasi.uz sayti orqali loyihalarni topshirish bilan bogʻliq texnik masalalar boʻyicha: (71) 203-32-23 (230, 233).

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Yosh chegarasi

    Max: 40

O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligidan isteʼdodli yosh olimlarni qoʻllab-quvvatlash uchun “Boʻlajak olim” tanlovi
20 Iyn, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.