Tavsif
Yoshlar ishlari agentligi va Yoshlar Ventures hamkorligida 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlganlar uchun eksklyuziv yozgi oromgoh — HackUnicorn Summer Camp 2025 taqdim etiladi.
Oromgoh davomida startaplarni MVPʼdan business modelgacha olib chiqish boʻyicha Silicon Valley va Y-Combinatordan maxsus spikerlar tomonidan mahorat darslari olib boriladi. Oxirgi taqdimot vaqtida ishtirokchilar eng yaxshi loyihalar uchun investitsiya yutish imkoniga ham ega boʻladilar.
Dasturda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha loyihalar qabul qilinadi:
- AI / Machine Learning;
- Cyber Security;
- SaaS (Software as a Service);
- EdTech.
Oromgoh 2025-yil 31-iyulidan 5-avgustigacha Boʻstonliq tumanining Yoshlar oromgohida boʻlib oʻtadi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.