Innovatsion texnologiyaga asoslangan loyihaga ega boʻlganlar uchun The COINS Grand Challenge tanlovi. Bosh mukofot — £100,000
Buyuk Britaniya Buyuk Britaniya
30 May, 2022 · Muddat tugagan

Innovatsion texnologiyaga asoslangan loyihaga ega boʻlganlar uchun The COINS Grand Challenge tanlovi. Bosh mukofot — £100,000

Magistratura Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Buyuk Britaniyaning Grand Challenge tashkiloti innovatsion texnologiyaga asoslangan gʻoyaga ega boʻlgan barcha uchun COINS Grand Challenge tanlovining navbatdagi mavsumi uchun arizalar qabul qilinayotganini eʼlon qiladi.

COINS Grand Challenge tanlovi jamiyatda mavjud muammolarni hal qilish, aholining yashash tarzini yaxshilashga yordam beruvchi yangi gʻoyalar yoki innovatsion loyihalarni kashf etishni maqsad qilgan.

Tanlov 2 kategoriya boʻyicha loyihalarni qabul qiladi:

  • Open – barcha uchun. Bunda ishtirokchilar tanlovga oid 9 ta savolga javob berishi kerak;
  • Undergraduate – bakalavr talabalari uchun. Bunda nomzodlar berilgan savolga 800-1000 soʻzdan iborat insho yoki muqobil ravishda 3-10 daqiqalik video taqdim etishlari kerak.

Mukammal loyihaga ega boʻlgan ishtirokchilar katta miqdorda pul mukofotiga ega boʻlishi yoki Coin research markazlarida bepul amaliyot oʻtash imkoniyatiga ega boʻlishi mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Tanlovda ishtirok etish uchun talablar:

  • Nomzodlar 2024-yil 7-mart holatiga koʻra 18 yoshdan katta boʻlishi lozim;
  • Tanlovda istalgan millat vakillari ishtirok eta oladi, ammo ishtirokchilar ingliz tilini mukammal bilishi lozim. Sertifikat talab etilmaydi;
  • Barcha ishtirokchilar jamiyat va biznes rivojiga ijobiy taʼsir oʻtkazadigan texnologiyaga oid yangi gʻoyaga ega boʻlishi kerak;
  • Tanlov 2 xil kategoriyada oʻtkaziladi;
    • Bakalavr talabalari uchun — Undergarduate. Bunda nomzodlar berilgan savolga 800 soʻzdan iborat insho yozishlari talab etiladi. Batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin;
    • Hamma uchun — Open. Bunda nomzodlar oʻz gʻoyalarini berilgan savolga javob tarzda ariza shaklida berib oʻtishlari lozim. batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
  • Tanlov shartlari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Tanlov gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadilar:

  • Hamma uchun — Open kategoriyasi boʻyicha:
    • 1-oʻrin — £5,000;
    • 2-oʻrin — £2,000.
  • Bakalavr talabalari uchun — Undergraduate kategoriyasi boʻyicha:
    • 1-oʻrin — £2,500;
    • 2-oʻrin — £1,000.
  • COINS Software Innovation Prize — Eng yaxshi Innovatsion Software loyihasi uchun:
    • 1-oʻrin — COINS research markazida bepul 3 oylik amaliyot qilish imkoniyati;
    • 2-oʻrin — COINS research markazida bepul 2 hafta davomida amaliyot qilish imkoniyati.
  • COINS Investment Prize — Open kategoriyasi boʻyicha eng yaxshi gʻoya egasiga qoʻshimcha tarzda loyihasini moliyalashtirish uchun £100,000 gacha moliyaviy ragʻbatlantirish.

Tanlov manfaatli jihatlari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Topshirish jarayoni

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi ishlarni amalga oshirishlari kerak:

  • Onlayn roʻyxatdan oʻtish;
  • Shaxsiy profil yaratish;
  • Tanlov kategoriyasini tanlash:
    • Open — barcha uchun. Bunda ishtirokchilar tanlovga oid 9 ta savolga javob berishi kerak;
    • Undergraduate — bakalavr talabalari uchun. Bunda nomzodlar berilgan savolga 800-1000 soʻzdan iborat insho yoki muqobil ravishda 3-10 daqiqalik video taqdim etishlari kerak.

Dasturga ariza topshirish haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

Saralash jarayoni. Barcha talablarga javob beradigan, toʻgʻri topshirilgan arizalar COINS Grand Challenge hakamlar qoʻmitasi tomonidan koʻrib chiqiladi va final ishtirokchilari roʻyxati tuziladi.

Taqdim etilgan loyihalar baholash jarayonining 80% qismini tashkil etadi:

  • Texnologiyadan foydalanishning moliyaviy taʼsiri — 25%;
  • Foydalanuvchilar uchun ahamiyatlilik darajasi — 20%;
  • Texnologiyadan foydalanishda innovatsion usuldan foydalanish — 10%;
  • Texnologiyani amalga oshirish imkoniyati — 25%.

Muhim sanalar:

  • 2022-yil 15-avgust — final ishtirokchilari eʼlon qilinadi;
  • 2022-yil 11-oktyabr — yakuniy natijalar eʼlon qilinadi.

Qoʻshimcha savol va murojaatlar uchun: info@coins-grandchallenge.com

Tanlov va uning shartlari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Daraja

    Magistratura

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18

  • Jins

    Erkak, Ayol

Buyuk Britaniya Innovatsion texnologiyaga asoslangan loyihaga ega boʻlganlar uchun The COINS Grand Challenge tanlovi. Bosh mukofot — £100,000
30 May, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.