Tavsif
Mazkur tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi “2022-2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”PQ-307-son qarori 2-ilovasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 133-son qarorida belgilangan talablarga muvofiq oʻtkaziladi. Ishtirokchilarning loyihasi hududlar kesimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi “2022-2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-307-son qarori 2-ilovasida koʻrsatilgan startap mavzular asosida loyihani shakllantirish lozim. Dasturga 1 ta ishtirokchi 1 ta startap loyiha bilan ishtirok etadi.
Arizalarni qabul qilish jarayoni 2023-yil 5-iyundan 2023-yil 5-iyulgacha davom etadi. Gʻolib boʻlganlarning loyihalariga alohida mablagʻ ajratilib, uni amalga oshirish uchun sharoit yaratib beriladi.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.